Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiyasiz: nega saudiyalik milliarderlar Forbes ro‘yxatiga kiritilmadi?
Saudiya hukumati korrupsiya bilan kurashga kirishganidan so‘ng, Forbes o‘z ro‘yxatini mahalliy milliarderlar hisobidan siyraklashtirdi. Endi ular reytingda umuman yo‘q.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud tomonidan boshlangan korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasi milliardlab dollarlarni davlat xazinasiga qaytarish bo‘yicha juda tez va shafqatsiz usulga aylandi. Shahzoda mamlakatning eng boy odamlarini o‘z pullarini davlatga o‘tkazib berishga majburladi.
O‘tgan yilning oxirida 32 yoshli valiahd shahzoda saudiyalik bir necha milliarderlar va boshqa tadbirkorlarni Ar-Riyoddagi «Ritts-Karlton» mehmonxonasiga hibs qildirdi. Ulardan ba'zilari taxt vorisining qarindoshlari ham edi, masalan, 62 yoshli shahzoda al-Volid bin Talal Ol Saud, G‘arbda Saudiya Arabistonidan bo‘lgan eng mashhur tadbirkor.
Forbes’ning o‘tgan yilgi eng boy odamlar ro‘yxatiga kirgan yana kamida uch boshqa milliarder hibsga olingani xabar qilindi. Saudiya hukumati qo‘lga olinganlarning rasmiy ro‘yxatini e'lon qilmadi. Saudiya Arabistonining AQSh poytaxti Vashingtondagi elchixonasi matbuot attashesi esa Saudiyada amalda bo‘lgan shaxsiy hayot daxlsizligi to‘g‘risidagi qonunlar tufayli, elchixona aniq shaxslar haqida ma'lumot taqdim eta olmasligini bildirdi.
Yakunda Volid bin Talal va boshqa ko‘plab shaxslar ozod etildi, biroq «Ritts-Karlton» mehmonxonasidan chiqish ularga milliardlab dollarga tushdi. Shuningdek, manbalarning Forbes’ga bildirishicha, shahzoda al-Volidga endi matbuotga intervyu berish taqiqlandi. Xabar qilinishicha, Saudiya Arabistoni hukumatining maqsadi 100 mlrd dollar yig‘ib olish bo‘lgan, bu uzoq yillar davomida neftga past narxlar tufayli byudjyetda yuzaga kelgan teshikni yopish uchun kerak bo‘lgan. «Ritts-Karlton» mehmonxonasida o‘sha kunlar davomida nimalar yuz bergani haqida esa minglab mish-mishlar chiqdi. Shuning uchun kim, qachon, kimga va qancha berganini aniq bilish imkonsiz. Forbes’ning aniqlashicha, o‘shanda hibsga olinmagan kamida bir neft magnati o‘z aktivlarini mamlakat hukumatiga topshirgan. Shu jihatlar e'tiborga olingan holda, joriy yilda Saudiya Arabistonidan bo‘lgan barcha o‘n nafar dollarli milliarder mashhur ro‘yxatga kirilmadi. Ulardan birortasi ham bunga izoh bera olmaydi. Biroq, bu boradagi vaziyat biroz oydinlashsa, ulardan ba'zilari reytingga qaytishi ham mumkin.
Forbes joriy yilda dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatiga Saudiya Arabistonidan bo‘lgan quyidagi milliarderlarni kiritmadi (tadbirkorning boyligi bo‘yicha hisob-kitob o‘tgan yil bo‘yicha keltiriladi):
Shahzoda al-Volid bin Talal
$18,7 mlrd
Shahzoda Lyft taksi servisi, Twitter ijtimoiy tarmog‘i, Citigroup moliyaviy konglomerati va Four Seasons mehmonxonalar tarmog‘iga mablag‘ yo‘naltiruvchi Kingdom Holding kompaniyasi raisi sanaladi.
Muhammad Husayn al-Amudiy
$8,1 mlrd
Shayx Shvetsiyaning neft o‘tkazish zavod, Saudiya Arabistonidagi AYoQSh tarmog‘i va oltin qazib olish, qurilish hamda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi Efiopiya konglomerati aksiyadori hisoblanadi.
Shahzoda Sulton bin Muhammad bin Saud al-Kabir Ol Saud
$3,8 mlrd
U tomonidan asos solingan hamda sut mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Almarai kompaniyasi Yaqin Sharqdagi eng yiriklardan biri hisoblanadi.
Muhammad al-Isso
$2,6 mlrd
Uning Assila Investments kompaniyasi mehmonxonalar tarmog‘i, bank va oshxona texnikasi ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z ulushiga ega.
Solih Abdulloh Komil
$2,3 mlrd
Tadbirkor - Dallah Al-Baraka konglomerati asoschisi. U ko‘chmas mulk, oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Abdulloh al-Rajhiy
$1,9 mlrd
U o‘z aka-ukalari bilan birgalikda Al Rajhi Bank’ni tashkil etgan. U esa dunyodagi eng yirik islom banklaridan biri sanaladi.
Abdul Majid al-Hokayr, Salmon al-Hokayr va Favaz al-Hokayr
Har birida $1,2 mlrd.dan
Uch aka-uka tomonidan qurilgan ko‘chmas mulk imperiyasiga 19ta savdo markazi kiradi.
Muhammad Serafiy
$1,1 mlrd
Tadbirkor ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
10:17 / 25.12.2025
Saudiyaning yangi raqamli platformasi O‘zbekistonda ham tatbiq etilishi mumkin
09:46 / 25.12.2025