2025 yil 23 dekabr kuni Ar-Riyod şahrida Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Olim Abdullayev boşçiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni podşohligi taşqi işlar vazirining konsullik masalalari böyiça örinbosari Ihab bin Muhammad Al-Najjar bilan konsullik maslahatlaşuvlarining birinçi davrasini ötkazdi.

Muzokaralar davomida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularni uşlab turiş, vaqtinça saqlaş hamda deportatsiya qiliş holatlarida özaro xabardor etiş mexanizmlarini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni mustahkamlaş, hujjatlarni özaro tan oliş va apostil tizimi, migratsiya hamda konsullik xizmatlarini raqamlaştiriş yönalişlarida tajriba almaşiş böyiça aniq kelişuvlarga erişildi.

Qayd etilişiça, Saudiya Arabistonida xorijiy mamlakatlar fuqarolari uçun joriy etilişi rejalaştirilayotgan yangi raqamli platformani Özbekistonda ham tatbiq etiş yuzasidan kelişuvga erişilgan. Mazkur tizim xorijiy fuqarolarning Saudiyada bölişi davomida yuzaga kelişi mumkin bölgan masalalarni oldindan aniqlaş va samarali hal etişga xizmat qiladi.

Muloqot yakunida konsullik maslahatlaşuvlarining ikkinçi davrasini Toşkent şahrida ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi.