Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Surxondaryoda «Qizil kitob»ga kiritilgan ikki bosh Buxoro qo‘yi topildi
Sho‘rchi tumani «Joyilma» mahallasida yashovchi fuqaro o‘z uyida «Qizil kitob»ga kiritilgan ikki bosh Buxoro qo‘yi borligi haqda Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlariga xabar bergan.
Foto: Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati
Shuningdek, fuqaro xabariga ko‘ra, tumanning «Xushchekka» mahallasida yashovchi fuqarolardan birining uyida bo‘ri saqlanayotgani ma'lum bo‘lgan.
Viloyat IIBdan xabar qilishlaricha, har ikki xonadon egalari yovvoyi hayvonlarni ko‘ngilli ravishda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish xodimlariga topshirgan.
Hayvonlarning xavfsiz va doimiy nazoratda bo‘lishini ta'minlash maqsadida belgilangan tartibda Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.
Buxoro qo‘yi O‘zbekiston va Jahon «Qizil kitobi»ga kiritilgan bo‘lib, ushbu tur butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja turi xisoblanadi va jahon faunasining Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi «Qizil ro‘yxati»ga kiritilgan.
Mavzuga oid
13:39 / 02.11.2025
Surxondaryodagi ayiqlar makoni – Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i | Manzil
14:48 / 23.10.2025
«Darband» postida tirbandlik - rasmiy bayonot berildi
10:49 / 19.10.2025
Navoiyda favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 3 ming dollar pora bilan ushlandi
13:52 / 02.03.2025