Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madumarov: Qashqadaryoda 75 foiz ichki yo‘llar ta'mirtalab ahvolda
Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Viloyatdagi mavjud ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llarining 11 200 kilometrlik qismi yoki 75 foizi ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan. Bu haqda senator Tolib Madumarov ma'lum qildi.
«2018 yilgi investitsiya dasturiga muvofiq 66,6 kilometr yo‘lni ta'mirlash belgilangan bo‘lsa-da, yo‘lbop bitum mahsuloti tanqisligi oqibatida belgilangan yo‘lning 34,6 kilometrlik qismi yoki 52 foizi umuman ta'mirlanmagan», — deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahriga eltuvchi 4R87 avtomobil yo‘lining abgor holati haqida reportaj e'lon qilgan edi.
Shuningdek, Madumarov viloyatda istiqomat qilayotgan 3 mln.dan ortiq aholining qariyb 47 foizi tashib keltiriladigan ichimlik suvini iste'mol qilayotganini ta'kidlagan.
Uning aytishicha, ayrim tumanlarda tashima yo‘l orqali suv iste'moli uchun ham to‘lov undiriladi.
«Mavjud bo‘lgan ichimlik suvi tarmoqlaridan 62 foizi ta'mirtalab holatga tushib qolgan», — deydi u.
Senator Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan yillar davomida saqlanib qolgan kommunal sohaga oid muammolar yechimiga kompleks tarzda yondashilmayotgani aholining jiddiy e'tirozlariga sabab bo‘layotganini aytdi.
«Qarshi shahridagi 1, 2-dahalardagi 46 ta ko‘p qavatli uyning 60 foizini ichki isitish tizimi ishdan chiqqan. Shahardagi 222 ta ko‘p qavatli uy uchun lokal qozonxonalarni qurish ishlari tegishli dasturlarda belgilangan bo‘lsa-da, shu kunga qadar boshlanmagan.
Investitsiya dasturiga kiritilgan «Suvoqova» DUK tizimidagi 18 ta obektdan 7 tasida tegishli qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish uchun zarur mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilmagan», — deya qayd etgan Madumarov.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev aholining 47 foizi tashima yo‘llar orqali suvni iste'mol qilishga majburligini aytgandi.
Mavzuga oid
19:32 / 18.01.2026
Masdar kompaniyasi Qashqadaryoda quyosh stansiyasi va energiya saqlash tizimi quradi
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
15:31 / 29.11.2025