Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyatida aholining 46 foizi tashima yo‘l orqali suv iste'mol qiladi - hokim
Tarkibida 2 ta shahar, 13 ta tuman va 1046 ta aholi yashash punktlari mavjud bo‘lgan Qashqadaryo viloyatida 46 foiz aholi tashima yo‘llar orqali suv iste'mol qiladi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev Senatdagi ma'ruzasida bildirdi.
«Viloyat aholisining 54 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlangan bo‘lib, qolgan 46 foizi tashima yo‘li orqali ta'minlanib kelinmoqda.
Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash bizning asosiy muammolarimizdan biri», — deydi Ro‘ziyev.
Viloyat hokimining ta'kidlashicha, bu borada Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28-30 yanvar kunlari viloyatga tashrifi davomida tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilgan edi.
«Mazkur muammoni hal etish maqsadida 2018 yilda 45,8 mlrd. so‘m mablag‘ jalb etilib, 46,4 km. suv tarmoqlari yangidan qurildi, 78,5 km. suv tarmog‘i rekonstruksiya qilindi», — deb qo‘shimcha qilgan hokim.
Ro‘ziyevning aytishicha, 2018 yilda sektorlar rahbarlari boshchilik qiladigan ishchi guruhlar 608 339ta xonadonga kirib, aholining 16 887ta muammosini aniqlagan.
Ta'kidlanishicha, aniqlangan muammolarning asosiy qismini ishga joylashtirish, tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta'minoti va sog‘liqni saqlash sohasidagi masalalar tashkil etgan.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026