Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashkent Challenger–2016: Denis Istomin fransiyalik tennischi ustidan ishonchli g‘alaba qozondi
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida 11 oktabr kuni Tashkent Challenger–2016 tennis turnirining birinchi davra uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
22 yoshli o‘zbekistonlik tennischi Sanjar Fayziyev ilk davrada rossiyalik taniqli tennischi, dunyo reytingida 97-o‘rinda borayotgan 26 yoshli Yevgeniy Donskoyga qarshi bahs olib bordi. Bellashuvda O‘zbekiston vakili 4:6, 6:3, 7:6 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Juftlik bahslarining birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tgan O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin (125-o‘rin) yakkalik bahslari ilk davrasida fransiyalik Gleb Saxarovga (285-o‘rin) qarshi bahs olib bordi va 6:3, 6:3 hisobida ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik tennischilardan Jo‘rabek Karimov, Shonig‘mat Shofayziyev va Humoyun Sultonov birinchi davrada mag‘lubiyatga uchragani haqida ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
01:22 / 19.01.2026
Vinus Uilyams Australian Open rekordini o‘rnatdi
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026