Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlari axborot tizimlari majburiy tartibda kiberxavfsizlik ekspertizasidan o‘tkaziladi
Foto: Flickr / Dennis Skley
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish davlatning kiberxavfsizligini ta’minlashda ustuvor hisoblanadi.
Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini prezident belgilaydi. Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Davlat organlari va tashkilotlari kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy ta’minotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar to‘g‘risidagi axborotni olish huquqiga ega.
Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslari ma’lumotlarining saqlanishini ta’minlash ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ularning saqlanish muddati oxirgi 3 oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza majburiy tartibda yoki kiberxavfsizlik sub’yektlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Quyidagilar kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim:
- davlat organlarining axborot resurslari;
- davlat organlarining axborot tizimlari;
- muhim axborot infratuzilmasi obektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari.
Ekspertiza o‘tkazish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari hamda resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalar majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.
Axborot tizimlari va resurslarida aniqlangan zaifliklar, kibertahdidlar, kiberhujumlar hamda boshqa buzg‘unchilik harakatlari to‘g‘risidagi, shuningdek axborotlashtirish obektlari haqidagi axborot ularni himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilganidan keyin kiberxavfsizlik sub’yektining ruxsati bilan oshkor qilinishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
12:30 / 17.02.2026
MobiUz ham kiberhujumga uchragan. Kompaniya mijozlar ma’lumotlari sizib chiqmaganini ma’lum qildi
11:57 / 13.02.2026
“Istanbul sud tibbiy ekspertizasiga hozircha jasad olib kelinmadi” – Sayyora Ergashaliyevaning vafoti yuzasidan munosabat bildirildi
20:23 / 12.02.2026
“15 mln kishining ma’lumoti sotuvda turgani yo‘q” - Sherzod Shermatov
11:02 / 12.02.2026