Jahon | 16:50 / 29.09.2025
9244
6 daqiqa o‘qiladi

Uzoqroqqa zarba: Tramp Zelenskiy so‘ragan raketani bersa nima bo‘ladi?

So‘nggi bayonotlarga qaraganda, AQSh prezidenti Kiyevga ancha yon bosa boshlagandek ko‘rinadi. Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuv iliq kechdi, unda Ukraina yetakchisi “Tomahawk” raketalarini so‘radi. Amerika rasmiylari bu masala ko‘rib chiqilayotganini rasman tasdiqlagan. Ayni mavzu – Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi muhokamasida.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Ukraina AQShdan “Tomahawk” raketalarini so‘ramoqda. Tramp rozi bo‘lsa, bu amalda nimani o‘zgartiradi?

Anvar Yo‘ldoshev: Ba’zi manbalarda Tramp “Tomahawk” raketalarini “ha, beramiz” deb javob bergani aytilmoqda. Boshqa manbalarda esa AQSh ularni bergan taqdirda ham, bu qurollar bilan Rossiya ichkarisigacha zarba berilishiga rozi bo‘lmasligi qayd etilgan.

Hozircha bular – ritorika darajasida. Vaziyatni aniq baholash uchun rasmiy tasdiq kerak. Ukraina prezidenti Rossiya tomonidan Kiyevda blekaut uyushtirilsa, Moskva ham shu ko‘yga tushishga tayyor bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu bayonotga Medvedev, Lukashenko munosabat bildirdi. Lekin hozirgi sharoitda Ukrainada bunday hujumlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud emas, zarur raketalar hali yetkazib berilmagan. Shu bois, raketalar amalda qo‘lga kiritilgachgina ularning ishlatilishi ehtimoli haqida gapirish mumkin.

Bektosh Berdiyev: “Tomahawk” raketalari tiyib turuvchi omil bo‘lishi mumkin. Bu – qanotli, past balandlikda uchadigan raketa bo‘lib, uni ishga tushirish uchun razvedka koordinatlari zarur. Ukraina tomoni bu raketani olib… xuddi bir paytlar “Leopard” tanklari va F16 samolyotlari keldi deb shov-shuv qilgandi, lekin katta o‘zgarish qilolmagan edi.

Biroq bunday raketalar Ukraina uchun Kiyevga hujumlarni tiyib turish imkonini berishi mumkin. Rossiya: “Agar biz Kiyevga hujum qilsak, endi ular ham Moskvaga zarba bera oladi” deb o‘ylay boshlaydi.

Kamoliddin Rabbimov: BMTning 80-sessiyasida Zelenskiy Donald Tramp bilan yopiq eshiklar ortida uzoq suhbatlashdi. Uchrashuvdan oldin ham, keyin ham Tramp Rossiyaga nisbatan keskin tanqidiy munosabat bildirdi. U Rossiya iqtisodiyoti “charchaganini”, harbiy salohiyati esa “qog‘ozdan yasalgan yo‘lbars” darajasida ekanini aytdi. Bunga javoban Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov “biz yo‘lbars emasmiz, biz ayiqmiz, ayiq qog‘ozdan bo‘lmaydi”, deya istehzo bilan javob qaytardi.

Trampning Ukrainaga nisbatan siyosatida hozir ikki asosiy yo‘nalish ko‘zga tashlanmoqda. Birinchidan, u endi ochiqchasiga Ukraina tarafini qo‘llab-quvvatlamoqda. Chunki AQSh uchun Ukrainadagi mag‘lubiyat Afg‘onistondan keyingi ikkinchi katta yutqizish bo‘lishi mumkin. Rossiyaning Yevropa davlatlariga qarshi provokatsiyalari, xususan, Polshada yuzaga kelgan xavotir ham bunga misol. Ikkinchidan, Tramp mas’uliyatni Yevropaga o‘tkazishga urinmoqda. Unga ko‘ra, agar Ukraina mag‘lub bo‘lsa, bu G‘arbning, xususan, Yevropa Ittifoqining yutqazishi bo‘ladi. Ammo amalda bunday ssenariyda AQSh ham yutqazgan hisoblanadi, bu esa xalqaro maydonda hamma uchun ayon.

Zelenskiy uchrashuvdan keyingi intervyusida Rossiya Ukraina Vazirlar Mahkamasiga hujum qilganini ta’kidladi va “nega biz javob bermasligimiz kerak?” degan savolni ko‘tardi.

Shuhrat Rasul: O‘tgan yili Rossiya propagandasida keng tarqalgan narrativ shunday edi: “Agar Donald Tramp prezident bo‘lsa, u biz tomonda, urushni bizning shartlarimiz bilan to‘xtatadi”. Bu g‘oyalar Solovyov va Skabeyevalarning teleko‘rsatuvlarida va Rossiya rasmiy matbuotida muntazam takrorlanar edi. Tramp prezident bo‘lgach, dastlabki bir necha oy davomida rus propagandasi “Tramp bizniki” deya umid bildirardi. Ayni shu BMT sessiyasi kunlari vaziyat tubdan o‘zgardi.

Tramp o‘z pozitsiyasini sezilarli darajada qayta ko‘rib chiqdi va ochiqchasiga Ukraina tomoniga o‘tdi. Bu o‘zgarishni Xitoyning analitik markazlari va yirik nashrlari ham qayd etmoqda, Tramp endilikda Ukraina tarafini qo‘llamoqda. Nima uchun bunday o‘zgarish yuz berdi? AQSh yetakchilari va harbiy-maslahatchilar (jumladan, general Kit Kellog va boshqalar) Donald Trampga frontdagi real holatni batafsil tushuntirganidan so‘ng, u o‘z qarashini o‘zgartirgani taxmin qilinyapti.

Oxirgi paytlarda Rossiya qo‘shinlari qurshovga tushgani haqida xabar berilmoqda. Tramp va NATO bosh kotibi Ukrainaning 1991 yilgi chegaralarga qayta olishi imkoniyati borligini aytganiga ham balki aynan shu vaziyat sababdir.

Raketalarga keladigan bo‘lsak, hozirgi muhokamada ERAM (taxminan 400–450 km gacha ucha oladi) va Tomahawk (konfiguratsiyasiga qarab, uchish masofalari turlicha) kabi tizimlarni berish masalasi ko‘tarilgan. 3 350 dona raketa berilishi va Tramp ma’muriyati tomonidan ma’qullash borligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Agar yetarlicha ko‘p “Tomahawk” berilsa, ruslarning muhim infratuzilma va harbiy obektlari katta tahdid ostida qoladi.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlashdi.

Mavzuga oid