WhatsApp messenjeri işlab çiquvçilari uning Rossiyadagi işi çeklovlarga uçraganini tasdiqladi. “WhatsApp’ga kirişni çeklaş orqali Rossiya hukumati bayramlar oldidan 100 milliondan ortiq insonni şaxsiy muloqot qiliş huquqidan mahrum etmoqçi”, — dedi WhatsApp vakili 23 dekabr, seşanba kuni Reuters agentligiga.
“WhatsApp mamlakatning har bir burçagidagi hayotga çuqur integratsiyalaşgan — ota-onalar va iş çatlaridan tortib, döstlar, qöşnilar va Rossiyaning barça hududlaridagi uzoq qarindoşlar bilan muloqotgaça. Biz foydalanuvçilarimizni himoya qilişga sodiqmiz, çunki kamroq xavfsiz va davlat tomonidan majburan taklif qilinayotgan ilovalardan foydalanişga majburlaş rossiyaliklarning xavfsizligini faqat pasaytirişi mumkin”, — deb qöşimça qildi u.
Rossiyada WhatsApp avgust oyidan beri faol tarzda bloklanmoqda. Öşandayoq RFdagi köpçilik foydalanuvçilar uçun qönğiroq qiliş imkoniyati işlamay qolgan. 28 noyabr kuni Roskomnadzor messenjer Rossiya qonunlari talablarini bajarmasa, ya’ni huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilmasa, u töliq bloklanişi haqida ogohlantirgan.
22 dekabrdan boşlab Rossiyadagi foydalanuvçilar messenjerda muammolar paydo bölganidan şikoyat qildi. RBK manbasiga köra, Roskomnadzor WhatsApp işini 70–80 foizga sekinlaştirgan. Rossiya hukumatining bosimi ortib borayotganiga qaramay, WhatsApp Rossiyada hali ham eng ommabop messenjer bölib qolmoqda.
RF Davlat dumasining axborot siyosati böyiça qömitasi raisi örinbosari Andrey Svinsov “Ostorojno Media”ga bergan izohida “fuqarolarimiz bir-biriga xursandçilikka oid rasmlarni yuborolmayapti, deb eşitiş men uçun açinarli”, dedi. “Bu, albatta, bizni taşvişga soladi va xafa qiladi”, — deya u WhatsApp vakillari bayonotlarini şarhladi.
Şu bilan birga, Svinsov qabul qilinayotgan çoralar xavfsizlik talablari bilan izohlanişini takrorladi. Moskva bu da’voni rossiyaliklar uçun internetni çeklaşni oqlaş maqsadida qöllaydi.
WhatsApp örniga Svinsov Rossiya aholisiga Telegram, “Odnoklassniki” va “VKontakte”dan foydalanişni, şuningdek “bir-biriga telefon qiliş, mehmonga boriş, çoy içiş, pirog pişiriş, salat tayyorlaş va sayrga çiqiş”ni maslahat berdi.

















