Moskva şahri Zamoskvoretskiy tuman sudi xorijdagi Rossiya muxolifati vakillaridan biri, şaxmat böyiça sobiq jahon çempioni Garri Kasparovni “axborot-telekommunikatsiya tarmoqlaridan, jumladan internetdan foydalangan holda terrorizmni omma oldida oqlaş” ayblovi bilan sirtdan hibsga oldi. Bu haqda sud qaroridan iqtibos keltirgan holda 23 dekabr, seşanba kuni Rossiya davlat agentligi TASS xabar berdi.
“Sud Kasparovga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida Rossiya hududida uşlangan yoki Rossiyaga ekstraditsiya qilingan paytdan boşlab ikki oylik muddatga sirtdan hibs çorasini tanladi”, — deyiladi xabarda. RF JKning mazkur moddasi 5 yildan 7 yilgaça qamoq jazosini nazarda tutadi.
Muxolifatçiga qöyilgan ayblov tafsilotlari hozirça ma’lum emas, biroq ehtimol u Kasparovning Ukrainani qöllab-quvvatlagani bilan boğliq. Ehtiyot çorasi Kasparov Rossiyada uşlangan yoki mamlakat hududiga ekstraditsiya qilingan paytdan kuçga kiradi. Sobiq jahon çempioni Rossiyaga 10 yildan ortiq vaqtdan beri kelmagan.
Kasparov rasmiy şaxmat musobaqalarida qatnaşmaydi, ammo bu sport turini kuzatib boradi va yoş sportçilarni, jumladan Ukrainadan bölganlarni ham qöllab-quvvatlaydi. U AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati harakatlarini keskin tanqid qilib, uni Rossiya bilan hamkorlikda ayblaydi.
Rossiya sudlari Garri Kasparovni sirtdan hibsga oliş haqidagi qarorni ikkinçi marta qabul qilmoqda. 2024 yil aprelida Siktivkardagi sud uni “terroristik jamoa tuziş” işi böyiça sirtdan hibsga olgan edi — gap Kasparov faol qatnaşadigan “Erkin Rossiya forumi” haqida ketgan. U 2022 yil may oyida RF Adliya vazirligi tomonidan “çet el agentlari” reyestriga kiritilgan.
Rossiyalik yana bir taniqli muxolifatçi Vladimir Kara-Murza 12 dekabr kuni kutilmaganda Rossiya Uruşga qarşi qömitasi tarkibidan çiqqan. U mazkur qömita taşkil etilgan 2022 yil fevraldan beri unda a’zo bölib kelgan. “Siyosiy kuraş usuli sifatida qöpollik va past şaxsiy haqoratlarni maqbul deb biladigan Garri Kasparov bilan bir taşkilotda qolişni mumkin deb hisoblamayman”, — degan Kara-Murza.
Bu voqeadan oldin Parijdagi restoranda ular örtasida janjal bölib ötgan. Guvohlar sözlariga köra, sobiq jahon çempioni Kara-Murzani “kam ötirib çiqqanlik”da va uning qamoqda bölgani “piar-aksiya” bölganida ayblagan. Kara-Murza bilan Kasparov örtasida aynan nima bölganini na siyosatçilarning özlari, na qömita vakillari tuşuntirgan.
Janjalning ayrim tafsilotlarini uning guvohlaridan biri — jurnalist va “Erkin Buryatiya” jamğarmasi asosçisi Aleksandra Garmajapova bayon qilganini “Meduza” naşri xabar qiladi. Uning aytişiça, janjaldan oldin Mixail Xodorkovskiy uyuştirgan 11 dekabr kungi keçki ovqatda muxolifatçilar YeKPA huzurida Rossiya demokratik kuçlari platformasini tuzişni muhokama qilgan — uni 2026 yil yanvar oxirigaça şakllantiriş rejalaştirilgan.

















