O‘zbekiston | 10:10 / 13.07.2021
16367
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘tgan bir sutkada 283 kishida pnevmoniya, 497 kishida koronavirus tasdiqlandi. Qurbonlar soni 4taga oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 497 kishida koronavirus, 283 kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 12 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 116918 (+497) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 38 nafari Andijon viloyatida,
  • 23 nafari Buxoro viloyatida,
  • 27 nafari Jizzax viloyatida,
  • 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 10 nafari Navoiy viloyatida,
  • 41 nafari Namangan viloyatida,
  • 43 nafari Samarqand viloyatida,
  • 19 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 51 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 26 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 9 nafari Xorazm viloyatida,
  • 46 nafari Toshkent viloyatida,
  • 122 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 283 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 103 nafar,
  • Buxoro viloyatida 9 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 20 nafar,
  • Navoiy viloyatida 15 nafar,
  • Namangan viloyatida 42 nafar,
  • Samarqand viloyatida 43 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 26 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 82 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 54 nafar,
  • Xorazm viloyatida 13 nafar,
  • Toshkent viloyatida 41 nafar,
  • Toshkent shahrida 56 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 112018 (+504) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 778 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid