O‘zbekiston | 11:35 / 08.03.2019
12597
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash milliy dasturi tasdiqlanadi

Foto: 123RF

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Quyidagilar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

oziq-ovqat xavfsizligi sohasida me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va suv resurslaridan oqilona foydalanish;

asosiy turdagi qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari, xom-ashyoni ichki ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish;

chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik sohasini barqaror rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, ozuqa bazasini mustahkamlash;

qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash;

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta'minlash;

aholini barcha qatlamlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanishi uchun iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish;

oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashni davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish.

2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash milliy dasturi tasdiqlanadi.

Quyidagilar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning ichki omillari hisoblanadi:

qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda foydalaniladigan yer va suv resurslarining hajmi, sifati va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari;

oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish, saqlash va sotish sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish darajasi;

ichki va tashqi bozorlarda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshlik darajasi;

milliy oziq-ovqat sanoati salohiyatining rivojlanganlik holati;

oziq-ovqat mahsulotlari importi va eksportining nisbati;

aholi keng qatlamlarining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini mahsulot turlari, hajmi va sifati bo‘yicha ichki ishlab chiqarish hisobiga ta'minlash darajasi;

aholi daromadlariga mos holda iste'mol tovarlari narxlarining o‘sish sur'ati;

navi va sifati kafolatlangan, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan mahalliy urug‘ va ko‘chat ta'minotining barqarorligi;

chorva hayvonlarining zotini yaxshilash va mahalliy zotlarning mahsuldorligini oshirish bo‘yicha seleksiya va naslchilik ishlarining tizimli tashkil etilganligi;

ichki bozor konyunkturasi talabini muntazam o‘rganib borish asosida talab va taklifning muvofiqlashtirish tizimining mavjudligi;

qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga talab etiladigan moddiy-texnik resurslar ta'minotining barqarorligi hamda mahsulotlar baholari va ularni ishlab chiqarishga sarflanadigan moddiy-texnika resurslari va ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlarining o‘sish darajasining mutanosibligi;

hududlarda, ayniqsa qishloq joylarda infratuzilmani rivojlanish darajasi va uni rag‘batlantirish mexanizmlarining mavjudligi;

tabiiy yaylovlarning hosildorligi va ulardan samarali foydalanish tizimining yo‘lga qo‘yilganligi;

ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun aylanma mablag‘larning yetishmasligi va bank kreditlarining yuqoriligi;

xom-ashyo yetkazib beruvchi va qayta ishlovchilar o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarning bozor mexanizmlariga muvofiqligi.

Quyidagilar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning tashqi omillari hisoblanadi:

oziq-ovqat mahsulotlariga dunyo bo‘yicha narxni ortib borishi va rivojlanayotgan davlatlar talabining ko‘payishi;

iqlim sharoitlarining o‘zgarishi;

bioyoqilg‘i ishlatish ko‘lamining ko‘payishi;

geosiyosiy omillar.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash mexanizmlari belgilangan maqsadli mezonlar asosida quyidagi tadbirlar uyg‘unligida amalga oshirish orqali ta'minlanadi:

respublikaning barcha hududlari darajasida oziq-ovqat xavfsizligini aniqlash, baholash va kutilishi mumkin bo‘lgan xavfni oldindan bilish tizimini joriy qilish;

oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha xalqaro talablarga uyg‘unlashgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimi joriy qilish;

respublikaning barcha hududlari darajasida belgilangan maqsadli mezonlarni bajarishni ta'minlovchi agrosanoat majmuasini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashni tartibga solish va boshqarish tizimini joriy qilish.

Mavzuga oid