Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan shahrining sobiq hokimi yangi lavozimda ish boshladi
Bahodir Bekxo‘jayev viloyat maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar qilmoqda.
Bahodir Bekxo‘jayev 1972 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1994 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1994 yilda “Namanganagrosanoatqurilish” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli korxonada sifatni nazorat qiluvchi ustalikdan boshlagan. Shu korxonada ish yurituvchi, texnika xavfsizligi muhandisi bo‘lib ishlagan.
1998—2020 yillarda Namangan shahar hokimligi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, “Suvoqava” davlat korxonasi shahar filiali direktori, Namangan shahar “Ko‘mak-madad” uy-joy mulkdorlari shirkatlari assotsiatsiyasi raisi, Namangan shahar hokimligining “Obodonlashtirish” davlat unitar korxonasi boshlig‘i, Namangan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, Namangan shahar hokimi, viloyat davlat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi boshlig‘i, Namangan tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.
2020 yildan hozirgacha “O‘zikkilamchiqorametall” Namangan filiali boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
19:10 / 19.02.2026
Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:36 / 19.02.2026
Namanganda ikki “Damas” to‘qnashdi: 1 kishi halok bo‘ldi
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
15:07 / 27.01.2026