O‘zbekiston | 18:21 / 18.02.2026
3303
1 daqiqa o‘qiladi

Deputat so‘roviga vaqtida javob bermagan amaldorlar bilan prokuratura shug‘ullanadi

Parlament deputatlari so‘rovlarga o‘z vaqtida javob bermagan mansabdorlar ustidan prokuraturaga taqdimnoma kiritish huquqini oladi. Bu haqdagi qonun loyihasini iyun oyigacha ishlab chiqish belgilandi. Sentyabr oyigacha yana bir qonun loyihasi tayyorlanadi va unga asosan, jamoatchilik orasida muhokamalarga sabab bo‘lgan holatlar yuzasidan amaldorlarni parlament qo‘mitalariga so‘roqqa chaqirish mumkin bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining so‘roviga davlat organlari mansabdor shaxslari tomonidan o‘z vaqtida javob yuborilmagan taqdirda, deputat bu holat bo‘yicha prokuraturaga taqdimnoma kiritishi mumkin bo‘ladi.

Bunday amaliyotni yo‘lga qo‘yish – prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2026 yilgi davlat dasturida belgilandi.

Dasturga ko‘ra, tegishli qonun loyihasi 2026 yil iyun oyida tayyor bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, sentabr oyigacha ishlab chiqiladigan yana bir qonun loyihasi bilan, Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalari tomonidan davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish nafaqat amaldagi qonunchilikda keltirilgan asoslar, balki jamoatchilik e’tiborini tortgan, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan masalalar yuzasidan ham o‘tkazilishi mumkinligi belgilanadi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid