Axborot texnologiyalari qo‘llanishiga qarab rahbarlarning oylik mukofot pulini belgilash tizimi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
«Ekspertlarning fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o‘rinlari internet texnologiyalari yordamida yaratiladi.
Shu bois joriy yil 28 aprelda «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida raqamli iqtisodiyot bilan shug‘ullanadigan yaxlit tizim yaratildi. Jumladan, «Elektron hukumat», iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, IT parklarni tashkil etish va boshqarish kabi vazifalar to‘liq vazirlik vakolatiga o‘tdi.
Shu bilan birga, qarorda yangi loyihalarning moliyaviy manbalari ham aniq ko‘rsatilgan. «Elektron hukumat» doirasida 1,3 trillion so‘mlik 104ta loyiha, iqtisodiyotning real sektorida 5,3 trillion so‘mlik 87ta loyiha, telekommunikatsiyalar borasida 15,1 trillion so‘mlik 35ta, agrar sohada 24ta, IT parklar bo‘yicha 18ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev «bu ishlar kelgusi 2-3 yilda to‘liq amalga oshirilmasa, har bir kechikkan yil mamlakatni 10 yil orqaga tortishi»ni ta'kidlagan.
Xizmatlarni raqamlashtirish borasidagi hozirgi ahvol tahlil qilingan. Davlat idoralarida mavjud 700dan ortiq axborot tizimlarining atigi 30 foizi «Elektron hukumat» tizimiga ulangani, davlat xizmati ko‘rsatuvchi 80ta idoraning atigi 27tasi Davlat xizmatlari agentligiga integratsiya qilingani qayd etilgan.
Prezident vazirlik va idoralarda axborot texnologiyalarini qo‘llash darajasiga qarab undagi rahbarlarning oylik mukofot pulini oshirish yoki kamaytirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga davlat idoralari ma'lumotlar bazasini tasniflab, ularni idoralararo integratsion platformaga ulash, elektron hamkorlikning yagona texnologik talablarini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.
Pandemiya ta'sirini inobatga olib, eng zarur bo‘lgan davlat xizmatlarini tezkor ravishda elektron shaklga o‘tkazish muhimligi ta'kidlandi.
Toshkent shahrida elektron tibbiyot kartasi, elektron shifoxona hamda shoshilinch tibbiy yordam tizimlarini joriy etish, ijtimoiy nafaqalar hisobini yuritishga mo‘ljallangan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ni joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Davlat soliq qo‘mitasiga savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarini onlayn nazorat kassa mashinalariga o‘tkazish, alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash hamda elektron hisob-faktura tizimini joriy etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Kelgusi besh yilda sanoat korxonalarida axborot texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga tannarxni o‘rtacha 13-15 foizga pasaytirish mumkin.
Shuningdek, Toshkentda jamoat transportlariga yagona elektron chipta joriy etishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berilgan.
«Transport vazirligiga temir yo‘llarda yuk tashish hamda Toshkent shahrida jamoat transporti xizmatlari to‘lovi uchun avtomatlashgan tizimlarni ishga tushirish, barcha transportlarga yagona elektron bilet joriy etishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

11:20 / 25.02.2025
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

20:26 / 21.02.2025
Dronlar, SI kibertuzilmalari, robotlashgan texnikalar - mudofaani mustahkamlashning yangi strategiyalari

14:40 / 24.10.2024