Jamiyat | 23:48 / 03.01.2024
26306
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi halok bo‘ldi

Yana uch kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Farg‘ona viloyatida Nexia-3 va Tracker mashinalari ishtirokida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 3 yanvar kuni soat 19:40 larda sodir bo‘lgan.

Farg‘ona-Chimyon 4P-146 avtomobil yo‘lining Farg‘ona tumani “Yangiobod” MFY hududidan o‘tgan qismida Nexia-3 ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga shoshilib chiqqan va asosiy yo‘ldan kelayotgan Tracker mashinasiga urilgan.

Oqibatda, Nexia-3 mashinasida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Yana 3 nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid