Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Onix avtomobili GAZ-63 bilan to‘qnashdi, yo‘lovchi vafot etdi
2026 yil 8 yanvar kuni soat 05:00 lar atrofida Mirzo Ulug‘bek tumanida Onix rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida harakatsiz turgan GAZ-63 yuk avtomashinasiga urilishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Hodisada Onix avtomobili yo‘lovchisi olingan tan jarohatlari sabab vafot etgan.
Foto: IIBB YHXB
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qilishicha, voqea Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasining ikkinchi darajali yo‘lida sodir bo‘lgan. 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi Onix rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetida harakatsiz to‘xtab turgan, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli GAZ-63 rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Onix avtomashinasi yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
YHXB barcha yo‘l harakati qatnashchilarini qoidalarga qat’iy rioya qilish, tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslik va charchoq holatida transport boshqarmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
10:41
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
16:53 / 06.01.2026
Xorazmda daraxtga borib urilgan Nexia haydovchisi halok bo‘ldi
14:50 / 06.01.2026
Yunusobodda 3 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:57 / 05.01.2026