Urganç tumanida inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, YTH 6 yanvar kuni ertalab Urganç tumani Beruniy mahallasi hududida sodir bölgan. 1992 yilda tuğilgan R.B. Nexia maşinasini boşqarib borayotib, bir yönalişda harakatlanib ketayotgan, 24 yoşli M.P. boşqaruvidagi Lacetti bilan töqnaşgan. Töqnaşuvdan söng Nexia yöldan çiqib ketib, daraxtga borib urilgan.

YTH oqibatida R.B. voqea joyida halok bölgan. Maşinada yölovçi sifatida ketayotgan uning otasi O.B. esa tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, YTHga Nexia haydovçisi tezlikni me’yoridan oşirgani sabab bölgan.

Avvalroq Navoiyda 47 nafar yölovçini olib ketayotgan avtobus YTHga uçrab, 2 kişi vafot etgandi.