Qoraqalpog‘istonda 25 yoshli ayol va uning uch nafar farzandi jasadi topildi
Qator nashrlarda 28 mart kuni Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tuman, Sarshungul qishlog‘ida uch go‘dak va ular onasining jasadlari quduqdan topilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Kun.uz ushbu ma'lumotga oydinlik kiritishni so‘rab, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, Xo‘jayli tumani, “Sarishungul” OFY, Shodlik ko‘chasida 2019 yil 28 mart kuni soat 07:30da fuqaro K.K.ning yashash xonadoni oldidagi 3-4 metr chuqurlikdagi aylana shakldagi quduq ichidan fuqaro 02.02.1995 yilda tug‘ilgan U.T. va voyaga yetmagan 23.12.2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘li I.K.ning, uy ichkarisidagi yotoqxonadan 16.01.2017 yilda tug‘ilgan M.K. va 02.06.2015 yilda tug‘ilgan K.I.larning murdalari topilgan.
«Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgan. Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma'lumotiga ko‘ra, U.T. va uning voyaga yetmagan farzandi X.I. nafas yo‘llariga suv tiqilishi oqibatida, M.X. va X.I.lar nafas yo‘llari bo‘g‘ilishi oqibatida vafot etganligi ko‘rsatilgan», - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan 28.03.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, tergov borishi ustidan Bosh prokuraturaning alohida nazorati o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:27 / 20.06.2024