Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Serjant Hosilbek Eshnazarov so‘nggi manzilga kuzatildi
Toshkentda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi BMW avtomobili urib yuborishi oqibatida halok bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati xodimi kichik serjant Hosilbek Eshnazarov Qashqadaryo viloyatida dafn etildi. Vidolashuv marosimida marhumning yaqinlari bilan birga, uning ko‘plab xizmatdoshlari, xususan ichki ishlar tizimi mansabdorlari ham ishtirok etdi. Xodim sharafiga quroldan o‘t ochildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti vidolashuv marosimidan suratlarni e’lon qildi.
Janozada marhumning yaqinlari bilan birga, uning ko‘plab xizmatdoshlari, xususan respublika YHXX boshlig‘i Sherzod Ibragimov hamda viloyat hokimi Murodjon Azimov ishtirok etdi.
33 yoshida xizmat vazifasini bajarayotib halok bo‘lgan xodim sharafiga quroldan o‘t ochildi.


“Xodimning fidoyiligi, burchiga sadoqati va jasorati yurtdoshlarimiz qalbida abadiy saqlanib qoladi”, – deyiladi JXD xabarida.
Avvalroq BMW M4 avtomobili rulida bo‘lgan 10-sinf o‘quvchisiga qo‘yilgan ayblov og‘irlashtirilgani xabar qilingandi.







Mavzuga oid
19:02 / 01.04.2026
“Texpasport”ning amal qilish muddati 2026 yil 1 apreldan keyin olingan guvohnomalarga taalluqli bo‘ladi
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
15:37 / 19.03.2026