Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan Rossiyada 1,8 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotdi
GM Uzbekistan aksionerlik kompaniyasi 2016 yil iyulidan dekabr oyiga qadar Rossiyada 1811 dona Ravon avtomobilini sotishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Yevropa biznesi assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi hisobotida so‘z yuritilgan.
Qayd etilishicha, kompaniya dilerlari 2016 yil dekabr oyining o‘zida Ravon brendida yetkazib berilgan 799 dona avtomobil sotishga erishgan.
GM Uzbekistan AKning Rossiya avtomobil bozoridagi ulushi 2016 yil yakuniga ko‘ra, 0,1 foizni tashkil etgan, 2016 yil dekabr oyida bu raqam 0,3 foizdan iborat bo‘lgan.
Umuman, 2016 yil yanvar-noyabr oylari natijasiga binoan, GM Uzbekistan 27 o‘rinni egallagan. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan modellarning hech biri eng yaxshi sotilayotgan Top-25 talikka kira olmagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada Ravon brendidagi avtomobillar savdosi 2016 yil iyul oyida boshlangan edi. Bungacha, GM Uzbekistan mahsulotlarini Daewoo brendi ostida RFga yetkazib bergan.
Mavzuga oid
16:30 / 08.11.2019
«Har qanday imtiyoz muddatli bo‘lishi kerak» - Qo‘mita mutasaddisi GM’ga berilgan imtiyozlar haqida
19:00 / 24.09.2019
«O‘zavtosanoat» maqsadi 100 ming avtomobil eksport qilish – Shavkat Umurzoqov
17:36 / 24.09.2019
UzAuto yangi modellari GM bilan bir xil vaqtda ishlab chiqiladi – Shavkat Umurzoqov
09:37 / 22.08.2019