Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistraturaga kirish imtihonlari qachon va qayerda bo‘lishi e'lon qilindi
Magistraturaga kirish imtihonlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar bugundan boshlab ruxsatnomalarini yuklab olishlari mumkin, deya xabar qildi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.
Ruxsatnoma magistr.edu.uz va ruxsatnoma.edu.uz manzillari orqali yuklab olinadi.
Buning uchun pasport seriyasi va raqami hamda tug‘ilgan sanasi kiritilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, magistraturaga kirish imtihonlari 8-20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Imtihonlar belgilangan hududlarda, test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinadi.
Bu yil respublika OTMlari magistraturasiga jami 10 425 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan. Shundan 5475 nafari grant, 4950 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi.
Mavzuga oid
13:01 / 09.01.2026
Davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
19:01 / 27.09.2025
Magistraturaga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi
18:43 / 23.09.2025
Magistr ayollar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplash bo‘yicha ariza berish muddati uzaytirildi
18:20 / 31.08.2025