O‘zbekiston | 17:18 / 30.10.2023
32666
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisiga o‘rinbosar, shuningdek, prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti administratsiyasida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Jobir Odilovich Azimov O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jobir Azimov muqaddam Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari va Toshkent shahar Uchtepa tumani prokurori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan, so‘nggi vaqtlarda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Asilbek Anvarovich Xudoyorov O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Asilbek Xudoyorov o‘z vaqtida sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Bundan tashqari, prezident administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi rahbari sifatida ishlagan.

Shuningdek, Gayane Olegovna Umerova O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

Gayane Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori, O‘zbekistonning YuNeSKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi bosh kotibi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimlarida ishlagan.

Mavzuga oid