9 dekabr kuni Xovos tumanida Xalq deputatlari tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Tahliliy-tanqidiy ruhda ötgan sessiya işida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov iştirok etdi.

Erkinjon Turdimov öz nutqida tumanda bir qator muhim yönalişlarda jiddiy qoloqlik va sustkaşlik holatlari mavjudligini keskin tanqid qilgan.

Kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini oşiriş, investitsion loyihalarni işlab çiqiş va amalda yölga qöyiş, eksport hajmini köpaytiriş kabi ustuvor masalalarda tuman birinçi rahbarining taşabbusi, mas’uliyati va talabçanligi yetarli darajada emasligini bildirgan.

Tumanni yanada rivojlantiriş borasida işga solinmagan imkoniyatlar haqida deputatlar ham öz fikrlarini bildirişgan.

Sessiyada taşkiliy masala körilgan. 2023 yil avgustidan şu kunga qadar tuman hokimi lavozimida işlab kelgan Uluğbek Hasanoviç Yöldoşev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Deputatlar tomonidan Yuldaşev Qomus Miroviç nomzodi Xovos tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Ma’lumot uçun, Qomus Yuldaşev 1983 yilda Sirdaryo viloyatining Şirin şahrida tuğilgan. 2004 yilda Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.

Hozirgaça Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi Sirdaryo viloyati hududiy boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.