20:12 / 13.03.2019
11459

​Obro‘li ishga kirishni va O‘zbekistonda yoki chet elda o‘qishni xohlaysizmi? IELTS sizga bunda yordam beradi!

O‘zbekistonda yildan yilga IELTS test sinovlaridan o‘tishni va ushbu sertifikatni qo‘lga kiritishni istaganlar soni ko‘payib boryapti. Hozirgi kunda ko‘plab maktablar, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtining bitiruvchilari hamda tajribali mutaxassislarga ma’lumki: yaxshi mehnat sharoitiga da’vo qilishga, O‘zbekiston yoki chet elda o‘qishga IELTS sertifikatini olishi - juda muhim hisoblanadi. Bu — zamon talabidir. Joriy yildan boshlab esa IELTS sertifikati mahalliy oliy o‘quv yurtlarida tan olinadi va abituriyentlarning imtihon sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishiga imkoniyat yaratadi.

IELTS o‘zi nima? IELTS — bu ingliz tilidan test sinovlarni baholashning halqaro tizimidir. Birinchi marta test sinovlari 1989 yilda o‘tkazilib, hozirgi paytda IELTS jahonda eng ishonchli, sinalgan va dolzarb tekshirish va baholash usuli deb tan olinadi. Faqatgina so‘nggi yil ichida uch milliondan ortiq nomzodlar 140 dan  ortiq mamlakatlarda IELTS testlarida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi.

Nima uchun IELTS nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoda ham yuqori obro‘ga ega? Uning boshqa ingliz tili bo‘yicha topshirish imtihonlaridan farq qiladigan kuchli tomonlari nimadan iborat?

Birinchidan, IELTS tizimi kompleks ravishda ingliz tili bo‘yicha bilimlarni to‘rtta muhim me’yorlar orqali baholab beradi: o‘qish (reading), yozish (writing), so‘zlash (speaking) va eshitish(listening).  Kompleks baholash nomzodning ingliz tili bo‘yicha bilimini 9-darajali o‘lchov orqali bevosita aks ettiradi: boshlang‘ich darajadan (1-daraja) to yuqori, ekspert darajagacha (9-daraja). IELTS test sinovlari ikkita turga bo‘linadi: umumiy (IELTS General Training) — nomzodning ingliz tilidan bilim darajasini tekshiruvchi va chet elda ishlash va ko‘chib ketishga zarur bo‘lgan,  oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun muhim bo‘lgan akademik (IELTS Academic) imtihoni. IELTS til bilimini kompleks ravishda baholashi - birinchi ilg‘or usul bo‘lib, keyingi paytlarda boshqa imtihon turlariga, o‘quv va professional dasturlariga ham ham kirib keldi.

 IELTSning hammabopligining ikkinchi sababi —  tashkilotchilarining test jarayonlariga tayyorgarlik va uni o‘tkazish ishlarini yuqori standartlar asosida olib borishda qattiq amal qilishdir. IELTS bir guruh nazariy va amaliy olimshunoslarning uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlarining mevasidir. Birinchi kundan boshlab IELTS metodologiya va amaliyot bo‘yicha uzviy rivojlanib kelyapti. Hamma test va topshiriqlar hayotning real, dolzarb va muhim vaziyatlarini aks ettiradi va nomzodning qobiliyatini maksimal ravishda ko‘rsatishga imkoniyat beradi. Nomzodlar qayd qilganidek, IELTS nafaqat til, balki kommunikatsion mahoratni ham rivojlantira oladi. Nomzodlar parallel ravishda testga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida nafaqat ingliz tili va ingliz madaniyatini o‘rganadi, bundan tashqari esa notiqliq qobiliyatini ham rivojlantiradi, shuningdek, bilim darajasini va savodxonligini oshiradi. IELTSning yana bir muhim va ahamiyatli tomoni — test jarayonining va ma’lumotlarning xavfsizlikni ta’minlashi o‘ta yuqoriligi.

Uchinchisi, IELTS nafaqat yangi muhitga ko‘nikishga yordam beradi, undan tashqari ish topishga va obro‘li oliy o‘quv yurtlariga, jumladan, Toshkentda joylashgan Halqaro Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, Inha universiteti, Toshkent shahridagi Singapur menedjmentni rivojlantirish institutiga kirishda afzallik beradi. IELTS sertifikatini olish uchun yana bir muhim turtki: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga asosan, mahalliy oliy o‘quv yurtlariga topshiruvchi va yirik halqaro imtihon tizimlar sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlarga, IELTS ham ular qatorida, maksimal ballarni olishga imkon beradi va ular tegishli test sinovlaridan ozod qilinadi.

Hozirgi kunda o‘n mingdan ortiq tashkilotlar 140dan ziyod mamlakatlarda, ularning qatorida jahonga mashhur universitetlar, halqaro tashkilot va xususiy kompaniyalar o‘qishga yoki ishga kirish uchun IELTS sertifikatiga ega bo‘lishni shartli deb belgilab qo‘ydi. Agarda siz Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, AQShda o‘qishni, ishlashni va yashashni istasangiz, IELTS sertifikatiga egalik qilish chet elda muvaffaqiyatga erishish uchun juda muhim qadam.

IELTS testlarini qayerda topshirsa bo‘ladi? Britaniya Kengashi O‘zbekistonda 22 yildan buyon IELTS testlari bo‘yicha ma’murchilik ishlarini olib boradi va birinchi kundan boshlab IELTS testi topshiruvchilariga kompleks ravishda ko‘mak beradi.

Agarda siz IELTSda o‘z kuchingizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, Toshkentga kelish kerak emas. Siz IELTS testlarini O‘zbekistonning boshqa shaharlarida — Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Urganchda o‘zingiz uchun qulay vaqtda topshirishingiz ham mumkin. Nomzodlar yashash joyi farq qilmagan holda onlayn-ruyxatdan o‘tishlari va Britaniya Kengashining bepul materiallari va ishlanmalardan, testlar haqida dolzarb va tezkor ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Britaniya Kengashi hamkorlaridan tayyorgarlik va topshirish bo‘yicha professional konsultatsiya olishlari mumkin. Testlarning dastlabki natijalari 13 kundan keyin ma’lum bo‘ladi va ular bilan onlayn-rejim orqali tanishish imkoniyati bor.

IELTS testlarini topshirishni istaganlar uchun yana bir muhim yangilik. 1 apreldan boshlab IELTS testlarini topshirish narxi ozgina oshadi — 117 dan 126 britaniya funt sterlinggacha, ya’ni umumiy qiymati – 1.411.200 so‘mni tashkil etadi. Test narxlarining o‘zgarishi transport va logistika xarajatlari oshishi bilan bog‘liq. Britaniya Kengashi servis sifatini va testlarni o‘tkazish tartib-qoidalarini yanada yaxshilash bo‘yicha ish olib boradi va barcha nomzodlarlarga imtihondan oldin va uni o‘tkazish jarayonida kompleks ravishda ko‘mak va yordam ko‘rsatadi.

IELTS uzoq yillar rivojlanishi yo‘lida “yuqori standartlar”, “samaradorlik” va “muvaffaqiyat” ma’nodosh so‘zlari bilan uzviy bog‘langan. Bir so‘z bilan aytganda, IELTS nomzodlarning qobiliyat va bilimlarini aks ettirishga yordam beradi. Unumli ravishda va eng muhimi, to‘g‘ri va samarali tayyorgarlik ko‘rish va ingliz tili bo‘yicha o‘z bilimingizni baholashni istaysizmi? Unda o‘z kuchingizni IELTS bilan sinab ko‘ring!

Matn bilan batafsilroq tanishish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi havolani qo‘llang –: https://www.britishcouncil.uz/exam/iels

Reklama huquqi asosida

Top