Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali mustaqil oliygohga aylantiriladi – Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev keyingi 5 yilda Xorazm viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
Prezident ma'lum qilishicha, 200 nafar tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalar yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj. Ularni bepul davolash yo‘lga qo‘yilib, bunga 25 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Murakkab jarrohlik operatsiyalarini Kardiologiya markazining Xorazm filialida o‘tkazish uchun, 3 million dollar ajratiladi.
“Kelgusi ikki yilda, 19 ta mahallada oilaviy shifokorlik punktlari hamda Urganch va Xiva shaharlarida 4 ta oilaviy poliklinika faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shu bilan birga, erta o‘limning asosiy sababi bo‘lgan qon bosimi va diabet kasalliklarini davolash uchun, aholiga eng zarur dori vositalari bepul yetkaziladi.
Surunkali nafas va oshqozon-ichak kasalliklarini oilaviy shifokor punktlarida davolash yo‘lga qo‘yiladi. Buyrak kasalliklarini erta aniqlash maqsadida, barcha birlamchi tibbiyot muassasalari ekspress-test vositalari bilan ta'minlanadi.
Onkologik kasalliklarni erta aniqlash uchun, 45 yoshdan oshgan 180 ming ayol har yili skrining tekshiruvidan o‘tkaziladi. Viloyatda 2 ta tumanlararo perinatal markazlar tashkil etiladi.
Shuningdek, har yili 420 ming nafar bolalar va homilador ayollar vitaminlar bilan bepul ta'minlanadi.
Hazorasp, Gurlan va Xivada urologiya, travmatologiya, oftalmologiya, LOR yo‘nalishlari bo‘yicha, Yangiariq, Shovot, Qo‘shko‘pirda kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya yo‘nalishlari bo‘yicha, Xonqa, Bog‘ot, Yangibozor va Urganch tumanlarida bolalar uchun gematologiya, nevrologiya va buyrak kasalliklari bo‘linmalari tashkil qilinadi. Xiva shahri, Tuproqqal'a, Hazorasp, Gurlan, Yangibozor, Yangiariq, Shovot, Qo‘shko‘pir, Xonqa, Urganch va Xiva tumanlari tibbiyot birlashmalari laparoskopik uskunalar bilan ta'minlanib, kaminvaziv operatsiyalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
Ikkinchidan, aholiga yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami kengaytiriladi. Bundan tashqari, Gurlan va Hazoraspda tumanlararo o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari va gemodializ xizmati tashkil etiladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali mustaqil oliygohga aylantiriladi. Oliygoh hududida Neyroxirurgiya markazining filiali tashkil etiladi.
Lekin bir narsadan men noroziman – talabalarga diplom beryapmiz, ammo munosib kadr tayyorlamayapmiz. Chunki bir gap bor, “injyener texnikani o‘ldiradi, tajribasiz shifokor esa qo‘pol bo‘lsada, odamni o‘ldiradi”. Endi diplomni shunchaki bermay, talabalardan kamida 1 yil amaliyot o‘tashini yo‘lga qo‘yishimiz zarur. Shu sinovdan o‘tgani haqiqiy shifokor bo‘lib yetishadi. O‘ta olmagani, demak shunchaki havas uchun kirgan. U xalq dardiga davo bo‘la olmaydi. Men o‘zim ham talabaligimda haydovchi bo‘lib ishlaganman, 48 rubl maosh olganman. Bu ham o‘ziga yarasha tajriba bo‘lgan men uchun”, – dedi prezident.
Mavzuga oid
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
11:00 / 02.04.2026