Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «Gosuslugi» akkauntlarini buzgan o‘zbekistonlik ushlandi
U Rossiya fuqarolarining akkauntlarini buzib, migrantlarni manzilda noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazgani ta’kidlanmoqda.
Rossiyaning Sterlitamak shahrida mahalliy fuqarolarning «Gosuslugi» akkauntlarini buzib, o‘ndan ortiq migrantni ro‘yxatdan o‘tkazgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Baza xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Azamatjon R. ismli erkakka nisbatan xorij fuqarolarini soxta ro‘yxatga olish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. U uy qamog‘iga olindi.
Tergov fikricha, erkak ro‘yxatdan o‘tishda yordam uchun hamyurtlaridan pul olgan. Buning uchun u «Gosuslugi» davlat xizmatlari portalini buzib kirgan va akkaunt egasiga bildirmasdan vatandoshlarini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Hammasi bo‘lib o‘ndan ortiq chet ellikni qonuniylashtirishga muvaffaq bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Erkak mamlakatdan tashqarida bo‘lganida huquq-tartibot idoralari xodimlari e’tiboriga tushgan. Biroq yaqinda Boshqirdistonga qaytib kelganida ushlangan va Ufaga olib ketilgan.
Mavzuga oid
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
18:06 / 08.06.2026