O‘zbekiston | 11:30 / 20.03.2018
10579
3 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona shahrida bayram kuni transport qatnovi uchun yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati e'lon qilindi

Farg‘ona viloyati IIV yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi «Navro‘z» umumxalq bayrami munosabti bilan 21 mart — Navro‘z umumxalq bayrami kuni viloyat markazi Farg‘ona shahrida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanishi rejalashtirilgan ko‘chalar ro‘yxatini ma'lum qildi.

Kun.uz tahririyatiga taqdim etilgan ma'lumotga ko‘ra, bayram kuni yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati:

  • Alisher Navoiy ko‘chasi – O‘zbekiston ovozi – Yuksalish ko‘chalari kesishmasidan Islom Karimov nomidagi kichik halqa yo‘liga qadar;
  • Yuksalish ko‘chasiga tutash bo‘lgan – Nurobod – Nurafshon – Oftob ko‘chalari;
  • Islom Karimov nomidagi kichik halqa avtomobil yo‘lining Yuksalish ko‘chasi kesishgan chorrahasidan bunga tutash Qashqar qishloq va E'tiqod ko‘chasi kesishgan chorrahasigacha;
  • Ahmad Al-Farg‘oniy istirohat bog‘iga olib boruvchi Ahmad Al-Farg‘oniy ko‘chasi – Universitet ko‘chasi chorrahasidan Ahmad Al-Farg‘oniy – Qomus ko‘chalari chorrahalarigacha;
  • Universitet – Istirohat chorrahasidan Universitet – Turon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Vatan ravnaqi – Murabbiylar ko‘chalari chorrahasidan Burhoniddin Marg‘inoniy – Murabbiylar ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Burhoniddin Marg‘inoniy – Sayilgoh chorrahasidan Ma'rifat – Sayilgoh ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Qirguli mavzesidagi «Kimyogar» yoshlar madaniy markaziga olib boruvchi Farg‘ona – O‘zbekiston ko‘chalari chorrahasidan Marg‘ilon – O‘zbekiston ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Yuksalish ko‘chasida joylashgan «Orom» bolalar bog‘iga olib boruvchi Yuksalish – Yangi turon – Fayzulla Xo‘jayev chorrahasidan Yuksalish ko‘chasiga tutash bo‘lgan Vatan ko‘chasi kesishgan qismigacha;
  • Yuksalish ko‘chasida joylashgan «Hayvonot bog‘i»ga olib keluvchi olib boruvchi Yuksalish ko‘chasining Abdulla Qodiriy ko‘chasiga burilish qismidan Aylanma harakatgacha bo‘lgan qismi; 

Shuningdek, 20–22 mart kunlari bayram tadbirlari o‘tkaziladigan madaniyat va istirohat bog‘lariga tutash ko‘chalarda xalq sayli vaqtida vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda.

UzA Qarshiyev Aziz
Tayyorlagan UzA Qarshiyev Aziz
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid