O‘zbekiston | 11:30 / 21.06.2020
6031
2 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz tajribali reklama menejyerlarini ishga taklif qiladi

Kun.uz sayti tajribali, o‘z ishini yaxshi ko‘radigan va mas'uliyatli mutaxassislarni vakant o‘rinlarga ishga taklif etadi.

Vazifalari: Saytga reklama e'lonlari joylashtirish istagini bildirgan reklama beruvchilar (mijozlar)ni topish, ular bilan muzokaralar olib borish, shartnoma imzolanishi va taraflarning shartnoma shartlarini bajarishlarini ta'minlash.

Talablar:
– shu sohada kamida 3 yillik ish tajribasi;
– oliy yoki o‘rta-maxsus ma'lumot;
– 25-40 yoshlar atrofida bo‘lishi lozim.

Lavozim uchun boshlang‘ich maosh miqdori 5 mln so‘m qilib belgilanadi, shuningdek jalb qilgan reklamalari uchun beriladigan bonus hisobiga bir oylik o‘rtacha maosh miqdori 10 mln so‘mdan oshishi ham mumkin (bu avvalo xodimning ishchanlik qobiliyatiga bog‘liq).

Kun.uz nimalarni taklif qiladi?
– Toshkent markazidagi zamonaviy ofisda ahil jamoa davrasida ishlash imkoniyati;
– xodimning mehnat shartnomasi asosida rasmiy bandligi ta'minlanadi;
– ofisda bepul tushlik;
– o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun imkoniyatlar.

Talabgorlardan o‘z ishiga mas'uliyatli va turli vaziyatlarga moslashuvchan bo‘lish talab qilinadi. Xodim poytaxtdagi bosh ofisga kelib ishlay olishi, ya'ni Toshkent (yoki unga yaqin hudud)da doimiy yashash sharoitiga ega bo‘lishi lozim.

Nomzodlar o‘zi haqida kichik hajm va erkin tarzda bayon qilingan ma'lumotlar, yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir axborotni @kunuz_HR telegram manziliga yuborishlari lozim.

Kadrlar bo‘limi tanlab olingan nomzodlar bilan telefon orqali bog‘lanadi. Suhbat kuni va qisqa sinov muddati kelishilgan holda belgilanadi.

Дилшод Абдуқодиров
Tayyorlagan Дилшод Абдуқодиров

Mavzuga oid