Advokat stajyoriga o‘rindoshlik asosida stajirovka o‘tashga ruxsat berildi
Yangi tahrirda qabul qilingan nizomga ko‘ra, stajirovka davrida reja tasdiqlatish, referat tayyorlash, uni himoya qilish, ish bo‘yicha nutq yozish, yozma hisobotlar tayyorlash kabi talablar bekor qilingan.
Zamonaviy advokaturani joriy etish va advokatlik tuzilmasi xodimlari faoliyatini tashkil etishni yengillashtirish maqsadida Adliya vaziri buyrug‘i bilan «Advokat stajyori va advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizom yangidan tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva xabar berdi.
Qayd qilinishicha, avval advokatlik tuzilmalarida stajirovkadan o‘tish uchun 6 tadan ortiq (ba’zida bundan ham ko‘p) hujjatlar taqdim etilishi, shuningdek, stajirovka davomida reja tasdiqlatish, referat tayyorlash va uni himoya qilish, ish bo‘yicha nutq yozish, yozma hisobotlar tayyorlash talab etilar edi. Bundan tashqari, stajyorning o‘rindoshlik asosida ishlashi ham mumkin emas edi.
Yangi nizomga ko‘ra, endi stajyor 4 ta hujjat taqdim qiladi. Stajirovka davrida reja tasdiqlatish, referat tayyorlash, uni himoya qilish, ish bo‘yicha nutq yozish, yozma hisobotlar tayyorlash kabi talablar bekor qilingan.
Shu bilan birga, quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etilmoqda:
- stajyor va yordamchiga sud yoki tergov organlarini ruxsati asosida advokat bilan birgalikda sudda yoki tergov organlarida ishtirok etish huquqi berildi;
- stajyorlarga o‘rindoshlik asosida stajirovka o‘tashga ruxsat berildi;
- stajyorga rahbar bo‘lgan advokat litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki tugatilganda stajyor stajirovkani boshqa advokatlik tuzilmasida davom ettirishi mumkinligi belgilandi;
- advokat stajyori va advokat yordamchisining faoliyati yuzasidan ikkita idoraviy normativ-huquqiy hujjat unifikatsiya qilindi.
Mavzuga oid
14:56 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik talabalar uchun Polshada haq to‘lanadigan stajirovkalar tashkil qilinishi mumkin
13:00 / 13.09.2024
Navalniyning advokatlari ustidan mahkama yopiq eshiklar ortida o‘tadi
13:43 / 10.09.2024
Toshkentda 2 nafar advokat va yurist qo‘lga olindi
11:23 / 18.07.2024