Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya bo‘linib ketgan oila vakillari ko‘rishishi uchun KXDRda pavilon ochadi
Foto: Getty Images
Janubiy Koreya yaqin kunlarda bo‘linib ketgan va ayni damda Shimoliy Koreyada yashayotgan oilalarning uchrashuvi uchun doimiy pavilon qurishni boshlaydi. Bu qarorga joriy yilning 18-20 sentabr kunlari Pxenyanda o‘tgan ikki Koreya davlati rahbarlari o‘rtasidagi sammit davomida kelingan. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda.
Mazkur pavilon KXDRning sharqiy sohilida joylashgan Kimgan tog‘lari hududida quriladi. Bundan avvalroq, 2008 yilda Janubiy Koreya KXDR hududida 1000 kishi ketadigan pavilon bunyod etgan edi. Ammo u yetarli texnologiyalar bilan ta'minlanmagani va ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani sabab undan foydalanilmagan edi.
Janubiy Koreya hukumati ikki tomonda yashayotgan oilalarni birlashtirish uchun 30 million dollar atrofida mablag‘ ajratgan: chunki aynan mana shu muammo bilan mamlakatda 57 000 nafar fuqaro qiynalmoqda. 1950-1953 yillar bo‘lib o‘tgan ikki tomon urushidan so‘ng, to bugungi kunga qadar bir oilaning turli vakillari ikki mamlakatda istiqomat qilib kelishadi.
Mavzuga oid
19:33 / 28.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi korrupsiya tufayli qamoq jazosiga hukm qilindi
09:39 / 27.01.2026
Tramp Janubiy Koreya uchun bojlarni 25 foizgacha oshirishini e’lon qildi
21:47 / 26.01.2026
Janubiy Koreya o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatishi mumkin
14:32 / 24.01.2026