Jahon | 22:30 / 13.09.2017
5540
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada ilk kriptovalyutalar oflayn-birjasi ishga tushirildi

Janubiy Koreyaning yirikligi bo‘yicha uchinchi bitkoin-birjasi Coinone oflayn-birja ochdi. Coinone Blocks deb nomlangan bu birjada oflayn tarzda savdolar olib borish mumkin, u 6 ta kriptovalyuta: bitkoin, efir, Bitcoin Cash, Ethereum Classic, Ripple va Qtum’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Birjada bozor haqida ma'lumot chiqariladigan katta ekran bor, u yerda shuningdek kriptotreyding masalalari bo‘yicha maslahatlar taqdim qilinadi. Birja mijozlari bitkoin-bankomatdan foydalanishlari yoki USB-kartmon sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Koreyada so‘nggi vaqtda kriptovalyutalarni xavfsiz sotish shartlariga talab paydo bo‘lmoqda va Coinone Blocks bu talabni qondirmoqchi, deb aytgan birja vakili.

O‘tgan oyda Bithumb mijozlarga xizmat ko‘rsatish servisi ochgandi, biroq Coinone Blocks’dan farqli, unda birja xizmatlarining to‘liq spektri taklif etilmaydi.

Mavzuga oid