Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Rossiyaga qarshi jiddiy sanksiyasi, strategik yadro kuchlarini sinagan Putin va turk harbiylarining G‘azodagi roliga qarshi Netanyahu – kun dayjesti
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.
AQShning Rossiyaga eng jiddiy sanksiyalari
AQSh 22 oktyabr kuni Rossiyaning yirik neft kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qildi va Rossiyani Ukrainadagi urushni tugatishga sadoqatsizlikda aybladi. Yangi sanksiyalar AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi sammit rejalari barbod bo‘lganidan bir kun o‘tib e’lon qilindi.
AQSh Moliya vazirligi ma’lum qilishicha, sanksiyalar Rossiyaning eng yirik ikki kompaniyasi — «Rosneft» va «Lukoyl»ni nishonga olgan. Maqsad — Moskvaning urush mashinasini moliyalashtirish imkoniyatini zaiflashtirish.
«Endi qon to‘kishni to‘xtatish va darhol sulh e’lon qilish vaqti keldi», — dedi AQSh moliya vaziri Skott Bessent. Uning so‘zlaridan so‘ng neft narxi bir barrel uchun 2 dollardan ortiq oshdi.
Tramp shuningdek, Ukrainaga uzoq masofali Tomahawk raketalarini berishga hali tayyor emasligini bildirdi. NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda u «ularni ishlatishni o‘rganish uchun ukrainaliklarga kamida olti oy kerak bo‘ladi», dedi.
«Har safar Vladimir bilan gaplashaman — suhbatlar yaxshi o‘tadi, lekin natija bo‘lmaydi», dedi u. — «Ular hech qayoqqa olib bormaydi». Sanksiyalar haqida esa u qisqa javob berdi: «Bu to‘g‘ri vaqt edi, shunchaki shunday his qildim», — dedi Tramp.
Bu sanksiyalar AQSh tomonidan Rossiya energetika sektoriga qarshi urush boshlanganidan beri qo‘llangan eng muhim choralar bo‘ldi. Mutaxassislar sanksiyalar ijrosi va nazorati ularning samaradorligini belgilashini ta’kidlamoqda.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ham chorshanba kuni Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini ma’qulladi, u Rossiyadan suyuq tabiiy gaz importini taqiqlashni o‘z ichiga oladi.
Rossiya strategik yadro kuchlarini jalb etgan holda mashg‘ulot o‘tkazdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 22 oktyabr kuni mamlakatning yadro kuchlarini boshqarish bo‘yicha rejalashtirilgan mashg‘ulot o‘tkazilganini ma’lum qildi.
«Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni rahbarligida strategik yadro kuchlarining yer, dengiz va havo qismlarini jalb etgan holda mashg‘ulot o‘tkazildi», deyiladi Kreml bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, mashg‘ulot davomida qit’alararo ballistik raketalar hamda havo bazasidan uchiriladigan qanotli raketalarning amaliy sinovlari o‘tkazilgan.
Xususan, Kamchatkadagi Kura poligoniga Yars qit’alararo ballistik raketasi uchirildi. Barens dengizi akvatoriyasidan esa atom suvosti raketa kreyseridan Sineva ballistik raketasi uchirildi. Shuningdek, uzoq masofali Tu-95MS samolyotlari havo bazasidan qanotli raketalar uchirish amaliyotida ishtirok etdi.
Amaliy uchirishlarni boshqarish Mudofaa boshqaruvining Milliy markazidan amalga oshirilgan. Xabarga ko‘ra, mashg‘ulot davomida barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajarilgan.
Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov mashg‘ulotlarda «yadro qurolini qo‘llashga ruxsat berish tartibini bajarish bo‘yicha harakatlar ishlab chiqilishini» aytgan.
Netanyahu Turkiya kuchlarining G‘azodagi roliga qarshi
Quddusda AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens bilan birgalikda chiqish qilgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azo urushdan keyingi «kunlar»da xavfsizlikni kim ta’minlashi masalasi muhokama qilinganini aytdi.
Turkiya kuchlarining G‘azoda ishtirok etishi haqidagi savolga javoban Netanyahu kulimsirab: «bu borada mening juda qat’iy fikrim bor. U nima ekanini taxmin qilasizmi?» — dedi.
Turkiya tomoni hozircha holatga izoh bermadi. Vens esa seshanba kuni «Turkiya konstruktiv rol o‘ynashi mumkin», ammo «Vashington Isroilga o‘z hududida chet el qo‘shinlarini qabul qilishni majburlamaydi», degan edi.
NATO a’zosi Turkiya va Isroil o‘rtasidagi avvalgi munosabatlar G‘azo urushi chog‘ida keskin yomonlashdi. Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilning G‘azo va mintaqadagi hujumlarini qattiq tanqid qildi, Suriya esa ikki davlat o‘rtasidagi raqobat maydoniga aylandi.
Turkiya HAMASni Tramp rejimini qabul qilishga ko‘ndirgan mamlakatlardan biri bo‘lgan va xalqaro kuzatuv missiyasida ishtirok etishga tayyorligini bildirgan. Anqaraning aytishicha, uning qurolli kuchlari zaruratga qarab harbiy yoki fuqarolik missiyasida xizmat qilishi mumkin.
Tramp o‘tgan hafta Isroil parlamentida chiqish qilib, urush tugaganini e’lon qilganidan beri AQShning bir nechta yuqori martabali rasmiylari Isroilga tashrif buyurmoqda. AQSh rasmiylari bu tashriflar sulh jarayonini harakatda ushlab turish uchun mo‘ljallanganini aytmoqda.
Vens esa seshanba kuni «Trampning sulh rejasi kutilganidan yaxshiroq ketmoqda», deb aytgan edi. «Bu oson emas, lekin men ishonaman: bu sulh saqlanadi va butun Yaqin Sharqda yaxshiroq kelajak qurishimiz mumkin», dedi u.
Ammo sulh hali ham mo‘rt: garovdagilar jasadlarini qaytarish sur’ati, yordam kirgizish va chegaralarni ochish borasida keskin tortishuvlar davom etmoqda. G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, sulh boshlanganidan beri Isroil kuchlari 88 nafar falastinlikni, jumladan, tinch fuqarolarni o‘ldirgan. O‘tgan hafta oxirida esa Isroil 2 nafar askari o‘ldirilganini bildirdi.
Xitoy dunyodagi eng tezkor poyezdni sinamoqda
Xitoyda dunyodagi eng tez harakatlanuvchi elektropoyezd — CR450 — sinov reyslarini boshladi. U hozirda Shanhay–Chunsin–Chendu yo‘nalishida yuqori tezlikdagi temiryo‘l liniyasida ekspluatatsion sinovlardan o‘tkazilmoqda.
CR450 prototipi o‘tgan yil oxirida ilk bor relsga chiqqanidan beri qat’iy, uzluksiz sinovlardan o‘tmoqda. Barcha asosiy texnik ko‘rsatkichlar, jumladan, soatiga 450 km/soatgacha maksimal tezlik bo‘yicha muvaffaqiyatli natijalar qayd etilgandan so‘ng, keyingi bosqichda 600 ming kilometr masofada uzluksiz harakat sinovi o‘tkaziladi. Shundan keyingina poyezdga tijorat yo‘lovchi tashuvlariga ruxsat beriladi.
Rekord tezlikka qanday erishildi? Mutaxassislar natija asosan, aerodinamik va konstruktiv takomillashtirishlar hisobiga qo‘lga kiritilganini ta’kidlamoqda. Masalan, old qism 12,5 metrdan 15 metrgacha uzaytirildi — bu havo qarshiligini sezilarli kamaytiradi.
Shuningdek, umumiy havo qarshiligi 22 foizga qisqartirildi. Bunga bir qator muhandislik yechimlari sabab: vagon ostidagi qismlar to‘liq yopildi, pastki panellar havo oqimini tartiblaydi — bu jihatdan poyezd avtosport bolidlarini eslatadi. Shu bilan birga, poyezdning balandligi 20 sm ga, og‘irligi esa 50 tonnagacha qisqartirilgan.
Turkiya va Qatar kelishuvlari
Turkiya razvedka rahbari Ibrohim Kalin va tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan seshanba kechasi Dohada HAMAS rasmiylari bilan uchrashdi. Bu uchrashuv Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad o‘rtasidagi muzokaralardan bir kun oldin bo‘lib o‘tdi.
Diplomatlarning aytishicha, sulh «nihoyatda nozik bosqich»ga kirgan. HAMASning siyosiy kelajagi yoki G‘azoda xalqaro kuzatuv kuchi tuzish masalasi muhokama qilinganmi degan savolga javoban, turk rasmiylaridan biri:
«Bu borada hali aniq qarorlar qabul qilingan emas», — dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalalar «jarayon davomida Isroil va AQSh pozitsiyasiga bog‘liq bo‘ladi».
Erdo‘g‘an avvalroq Turkiya armiyasi G‘azoda xalqaro kuchlar qatorida ishtirok etishga tayyorligini bildirgandi. G‘azo bo‘yicha muzokaralardan tashqari, Erdo‘g‘an va Al-Soniy mudofaa sohasidagi hamkorlikni o‘z ichiga olgan bir nechta kelishuvlarni imzoladi.
Uchrashuvdan avval turk xavfsizlik manbasi Anqara Qatarning foydalanilgan «Eurofighter Typhoon» qiruvchi samolyotlarining bir qismini sotib olishni istayotganini aytgandi. Ekspert Krigning fikricha, bu bitim «juda tez amalga oshishi mumkin» va «taxminan 12 ta samolyot»ni o‘z ichiga oladi:
Turkiya rasmiylarining ta’kidlashicha, «mudofaa sanoati bo‘yicha hamkorlik kelishuvi tafsilotlari yaqin kunlarda aniqlashtiriladi».
Mavzuga oid
15:05 / 13.12.2025
Rossiya pullarini muddatsiz davrga muzlatgan Yevropa, Livanda «katta amaliyot»ga tayyorlanayotgan Isroil va «Epshteyn ishi»da yangi sur’atlar – kun dayjesti
15:36 / 12.12.2025
G‘azoda yomonlashayotgan ahvol, Donbassda «erkin iqtisodiy zona» taklifi va Yaponiyaning Xitoyga «javobi» – kun dayjesti
14:53 / 11.12.2025
Venesuela tankerini musodara qilgan AQSh, Yevropaning Ukraina borasida xavotirlari va Marokashdagi fojia – kun dayjesti
14:17 / 10.12.2025