Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istondagi neft bazasida dizel yonilg‘isida 8,2 milliard so‘mlik kamomad aniqlandi
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
«Taxiatosh neft bazasi»da qiymati 8 milliard 203 million so‘mlik dizel yonilg‘isida kamomad aniqlandi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, vazirlik huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, «O‘zenergoinspeksiya» Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan «Taxiatosh neft bazasi» MChJda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 861 ming 649 litr (8 milliard 203 mln so‘mlik) dizel yonilg‘isida kamomad mavjudligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Mavzuga oid
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
12:40 / 10.01.2026
Nukus va Xo‘jaylida “opiy” savdosi fosh etildi: 1 kgdan ortiq modda musodara qilindi
14:08 / 28.12.2025
Qoraqalpog‘istonda soliq boshqarmasi ikki xodimi ushlandi
14:57 / 15.12.2025