DXX Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça boşqarmasi va IIV tezkor xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş doirasida Nukus şahrida tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida 1972 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan mahalliy fuqaro 9 gramm “opiy” moddasini Şumanay tumanida yaşovçi, 1965 yilda tuğilgan şaxsga 4 million sömga sotgan vaqtida uşlanib, uning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi. Şuningdek, narkosavdogarning yonidan qöşimça 5 gramm “opiy” ham aşyoviy dalil sifatida olingan.
Örganişlar natijasida, mazkur giyohvandlik vositasi 1981 yilda tuğilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan tanişidan olingani aniqlangan. Holat yuzasidan tezkor tadbir Xöjayli tumanida davom ettirilib, uşbu şaxs 20 gramm “opiy”ni 8 million sömga sotgan vaqtida qölga olingan.
Bundan taşqari, unga tegişli sumkadan 1 kilogramm 176 gramm “opiy” moddasi ham topilib, musodara qilingan. Ma’lum bölişiça, mazkur giyohvandlik vositasi Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kelingan.
Qayd etilişiça, uç nafar qonunbuzarga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Qonunçilikka muvofiq, bunday jinoyatlarni sodir etgan şaxslar 10 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.









