Avvalroq Samarqandda avtomaşinalarni davlat röyxatidan ötkaziş guvohnomasi beriş borasida muammolar yuzaga kelgan edi. Endi esa avtomobil sohiblariga çiroyliroq raqam yöq. 

Poytaxtda möl-kölçilik, hududlarda-çi?

Avtoraqam.uzex.uz onlayn savdo maydonçasida respublikaning qolgan barça 13 ta hududiga tegişli avtoraqamlar savdoga çiqarilgan. Ayniqsa, Toşkent şahriga tegişli bölgan va savdoga çiqarilgan avtoraqamlar soni 21 mingdan ortadi.

Avtoraqam.uzex.uz saytidan skrinşot

Savdoga çiqarilgan avtoraqamlar qolgan hududlar böyiça:

  • Toşkent viloyati: 4396
  • Sirdaryo viloyati: 710
  • Jizzax viloyati: 521
  • Farğona viloyati: 547
  • Namangan viloyati: 178
  • Andijon viloyati: 1232
  • Qaşqadaryo viloyati: 403
  • Surxondaryo viloyati: 1781
  • Buxoro viloyati: 288
  • Navoiy viloyati: 148
  • Xorazm viloyati: 172
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi: 64
  • Samarqand viloyati: 0
 Avtoraqam.uzex.uz saytidan skrinşot

Ayrim hududlarga tegişli minglab raqamlar bölsa, Namangan, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasida ham tanlov uçun köproq raqam çiqarilmagan va sun’iy taqçillik yaratilgan.

3 iyun kuni Samarqand viloyat IIBda taşkillaştirilgan matbuot anjumanida ham auksiondagi avtoraqamlar masalasi töğrisida ÖzA muxbiri tomonidan savol berildi. Samarqand viloyat IIB boşliği, polkovnik Rahmat Mamatov viloyat IIB YXHB boşliği, polkovnik Şavkat Boyxörozovga bu borada çiqiş qilib, holat yuzasidan ommaga tuşuntirib beriş vazifasini topşirgan edi. Oradan şunça kun ötsa hamki, bu borada tayinli tuşuntiriş berilmadi.