Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda «Orolbo‘yi gavhari» ko‘rgazmasi ochildi
Qozog‘iston Markaziy davlat muzeyida qoraqalpoq xalqining boy tarixiy-madaniy merosini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan “Orolbo‘yi gavhari” sayyor ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Foto: Dunyo
Ko‘rgazmada Qoraqalpog‘iston tarix va madaniyat davlat muzeyining 150 dan ortiq eksponatlari, qoraqalpoq xalqi tarixiga oid arxeologik va etnografik to‘plamlar, milliy liboslar va zargarlik buyumlari namoyish etilmoqda.
Qoraqalpog‘iston tarix va madaniyat davlat muzeyi direktori Ayjamal Yusupova muzey kolleksiyasini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston hukumati tomonidan muzey moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘zlab berdi.
Ko‘rgazma o‘z ishini 6 oktyabrga qadar davom ettiradi.
Mavzuga oid
17:52
To‘qayev Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimini tiklashni taklif qildi
08:29 / 15.01.2026
Qozog‘istonda alkogol savdosini cheklash taklif qilindi
10:04 / 14.01.2026
Qozog‘iston nefti eksportiga bog‘liq tankerlar Qora dengizda nishonga olindi
20:37 / 13.01.2026