«Imtiyozli kredit öyinlari»: Bulunğurlik tadbirkor «Mikrokreditbank»dan nima uçun xafa?
|14:10 / 25.02.202224 94110 min
Uşbu maqola kreditga doir manfaat haqida emas, balki «Mikrokreditbank» filiali xodimlarining davlatdan ajratilgan imtiyozli mablağlarni talon-toroj qilganligi ehtimoli haqida böladi.
Tahririyatimizga Samarqand viloyati Bulunğur tumanidan «MIRJALOL XURSANOV TEKSTEL» korxonasi rahbari Mirjalol Xursanov murojaat qildi. U yangi oçilgan oilaviy korxonasiga 3 yil muddatga 60 mln söm kredit oliş maqsadida «Mikrokreditbank»ning Bulunğur tuman filialiga ariza yozgan. Unga ajratilgan mablağ evaziga korxonasiga tikuv maşinalari va dastgohlari ötkazib berilişi kerak bölgan.
Mirjalol Xursanov
Biroq bölib ötgan voqealarda bank xodimlari noqonuniy xatti-harakatlarga yöl qöyişgani, alaloqibatda u kredit mablağlariga töliq egalik qilib, dastgohlarni ololmaganini bildirdi.
Biz Bulunğurda murojaatçilar bilan uçraşdik. Oilaviy korxona oçgan yigit otasi bilan bizni qarşi oldi. Mirjalolning hikoya qilişiça, u bankdan zarur mablağni qölga kiritiş uçun öziga tegişli LABO maşinasini ham garovga qöygan. Kreditni tezroq ajratib berişlari uçun hattoki bank xodimlariga «şapka» ham uzatgan.
Garovga tikilgan LABO avtomaşinasi.
Özining bu xatti-harakatini u hujjat tayyorlaş işlariga, maşinani garovga qöyiş, garov şartnomasi imzolaş va suğurtalaşga ança mablağ sarflab qöygani, nima bölsa ham sarflagan mablağlariga kuyib qolmaslik, kreditni oliş va zarur tikuv dastgohlarini tezroq olib, korxonasini işga tuşirişni möljallagani bilan tuşuntirdi.
Nihoyat, unga 2021 yil noyabr oyining oxirida va’da qilingan kredit ajratilgan. Ammo uning qöliga na kredit şartnomasi va na boşqa hujjat berilgan. Uning qölida faqat kreditni söndiriş grafigi bor, xolos.
Kreditni söndiriş grafigi
Mirjalolga köra, kredit olişga doir barça hujjatlarni şu bankda işlovçi Şerzod Husanov ismli xodim tayyorlagan. Mirjalol unga hattoki oilaviy korxonaning muhrini ham berib qöygan.
«Muhr bosiladigan va imzo qöyiladigan hujjatlar köp. Bankka hadeb seni çaqirib yotmayman, deganiga muhrni işonib unga topşirgan edim. Biroq viloyatdan tekşiriş kelişi arafasida undan korxonamning muhrini olib qöydim. Yana hujjatlarga muhr bosiş kerak bölayotganini aytganida bermadim»,
Mavzuga oid
- deydi Mirjalol Xursanov.
Xullas, Mirjalol Xursanovning korxonasiga berilişi kerak bölgan kredit summasi 2021 yil 30 noyabr kuni korxonaning ssuda hisobraqamidan «GOLD TEXNO 2102» MÇJga köçirib berilgan. Lekin summaga mos ravişda tikuv maşinalari va dastgohlari yetkazib berilmagan. U qayta-qayta murojaat qilavergaç, bank filiali rahbari Zafar Şakarov va xodim Şerzod Husanov unga 30 mln söm naqd pul bergan va kredit ajratiş şartlari töliq bajarildi, deb rozilik xati yozdirib olişgan.
Mirjalol Xursanov yozgan rozilik xati
Bu rozilik xatini nega yozganini Mirjalol şunday tuşuntirdi:
«Pulni töliq beramiz, deyişgandi. Men köndim. Biroq 31 yanvar kuni «GOLD TEXNO 2102» MÇJ uçun töliq 60 mln sömlik tovarlarni oldim, deb rozilik xati yozib berganimdan söng menga Şerzod Husanov 30 mln söm naqd pul çiqarib berdi va qolganini 15 fevral sanasida berişini aytdi».
Boz ustiga, unga 30 mln söm naqd pul berilgaç, qolgan 30 mln söm uçun Şerzod Husanov ham şu kuni guvohlarning köz öngida unga qarzdorlik tilxati yozib beradi.
Şerzod Husanov yozgan tilxat
Biz mazkur masalaga oydinlik kiritiş uçun «Mikrokreditbank»ning Bulunğur tuman filialida böldik. Bank filiali rahbari Zafar Şakarov avvaliga bu mijoz va ta’minotçi korxona örtasida tuşunmovçilik bölayotganini bildirdi. Söngra barça muammolar hal bölgani, mijoz rozilik xatini yozib berganini videosi bilan taqdim etdi.
Zafarali Şakarov. «Mikrokreditbank»ning Bulunğur tuman filiali rahbari
Söng biz voqeada bevosita iştirok etgan Şerzod Husanovni ham çaqirib savol berdik. Bu xodimning hozir arizasi olingan ekan.
Şerzod Husanov, bankning sobiq xodimi
«31 yanvar kuni mijozga nega 30 mln söm qarzdorlik haqida tilxat yozib berdingiz?» degan savolimizga Şerzod Husanov tilxatni u yozmaganini ma’lum qildi.
Ammo keyinroq Mirjalol Xursanov Şerzod Husanovning tilxat yozayotgan jarayoni videosini bizga taqdim qildi. Qolaversa, tilxatga guvoh sifatida imzo çekkanlardan biri — Akbar Ahmedov ham voqea röy bergani ustida turganini, guvoh sifatida imzo qöyganini tasdiqladi.
Şerzod Husanovning tilxat yoziş jarayoni
Bank xodimlari mijozga tikuv maşinalari şartnoma böyiça töliq yetkazib berilganini aytişdi. Bunga isbot sifatida kredit hujjatlari yiğmajildi içidan onlayn faktura namoyiş etişdi.
Elektron faktura
Ammo yiğmajild içida qölda töldirilgan faktura ham bor. Onlayn faktura qölda töldirilgan faktura va şartnoma raqamiga mos emas. Şartnomada va qölda töldirilgan fakturada tikuv maşinalari va dastgohlarning markasi va soni aniq körsatilgan. Elektron fakturada esa jami soni 10 dona körsatilib, umumiy summa — 60 mln söm körsatilgan, xolos. Bu, albatta, juda şubhali körindi.
Qölda töldirilgan faktura
Bu voqeada eng hayratlanarlisi — Mirjalol Xursanov şartnomada ta’minotçi korxona ölaroq körsatilgan «GOLD TEXNO 2102» MÇJ bilan mutlaqo taniş emasligidir. Holbuki filial raisi Zafar Şakarov biz bilan suhbatda ta’minotçini mijozning özi topgan, degan edi.
Xullas, Mirjalol korxonasi uçun 5 ta tikuv maşinasini esa 31 yanvar kuni bankirlar bergan 30 mln söm naqd pulga xarid qilgan.
U oilaviy korxonasining muhrini Şerzod Husanovga bergan va yiğmajild içida barça hujjatlarga korxona muhri bosilib, bankdagilar uning imzosini ham soxtalaştirib qöyişgan.
M.Xursanovning soxta imzosi qöyilgan va korxona muhri urilgan töldirilmagan varaqlar
Qolaversa, Mirjalol oldimizda öz imzosini qöyib körsatdi. Darhaqiqat u yiğmajild içidagi hujjatlardagidan keskin farq qiladi.
M.Xursanovning asl imzosi va hujjatlardagi soxta imzosi
Mirjalol ajratilgan summani oxirigaça olmagan, biroq tilxat yozib berişdan avval hujjatga tirkaş uçun birovning korxonasida tikuv maşinalari oldida suratga tuşib bergan.
Fonda yiğmajild içida Mirjalolning tikuv maşinalari fonida tuşgan suratlari
Yiğmajildda na kreditni qaytariş grafigi bor. Kredit şartnomasida mijozning rekvizitlari töldirilmagan, unga nusxasi berilmagan. Qoğozlarga mijozning faqat muhri urilgan, imzosi esa soxta.
Kredit şartnomasining sönggi varaği
Kreditni monitoring qilişga doir dalolatnoma hujjatlarida ham mijozning muhri va soxta imzosi turibdi, xolos. Ularning biror satri töldirilmagan. Mirjalolning kreditga olingan tikuv maşinalarini olganini isbotlovçi yozma rozilik xati, fotosurati bor, xolos.
Hattoki Mirjalol tanimaydigan korxonaga pul köçirilgan, deya taqdim etilgan tölov topşiriqnomasida ham uning soxta imzosigina turibdi. Bu qoğozni kuni-keça tayyorlaşgan bölişsa kerak, korxona muhrini urişga ulgurişmagan.
Tölov topşiriqnomasiga muhr bosilmagan
Hujjatlar bilan tanişib, har ikki tomonni eşitib, Mirjalol Xursanov hikoya qilib bergan versiya haqiqatga mosroq, degan töxtamga keliş mumkin.
Ya’ni u tezroq kredit oliş uçun bank xodimlariga «şapka» bergan. Qoğozbozlik bilan boğliq işlari tezroq hal bölişi uçun işonç bildirib, korxonasi muhrini bank xodimi Şerzod Husanovga bergan. Ammo tikuv maşinalari uçun davlatning imtiyozli mablağlari maqsaddan çekingan holda işlatilgan.
Bankdan mablağ aylanmasini tekşirib körganimizda, 2021 yil 30 noyabr sanasida oilaviy korxonadan «GOLD TEXNO 2102» MÇJga 60 mln söm pul ötkazilgani ma’lum böldi.
Ssuda hisobraqami aylanma jadvali
Pul ötkazilgan deya gumon qilinayotgan «GOLD TEXNO 2102» MÇJga pul va uning evaziga yetkazilişi lozim bölgan tikuv maşinalari borasida qönğiroq qilganimizda korxona rahbari Azamatjon Narimov «hozir esimda yöq, tekşirib aytib yuboraman», deya qayta qönğiroqlarimizga javob bermadi.
Tikuv maşinalari yetkazib berilişi örniga, işni bosti-bosti qiliş uçun bank xodimlari Mirjalol Xursanovga 30 mln söm naqd mablağ berişgan va şu kuni bosim bilan tilxat yozdirib olişgan. Allaqaysi tikuvçilik sexida dalillovçi fotolarga ham tuşirişgan. Noilojlikdan, qolgan mablağga qarzman, deya Şerzod Husanov ham tilxat yozib bergan, garçi özi buni inkor etayotgan bölsa ham.
Nima ham derdik. Tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun berilayotgan mikrokreditlar joylarda ana şunday tasarruf etilmoqda. Eng açinarlisi, bunday qonunsizliklarga bank rahbarlari va xodimlarining özlari boş-qoş bölayotganidir.
«Mikrokreditbank» Bulunğur filiali
Biz vakolatimiz doirasida örganganlarimiz şu böldi. Uşbu masala yuzasidan «Mikrokreditbank»ning respublika filiali çuqurroq xizmat tekşiruvi ötkazişi, prokuratura organlari ham sinçiklab şuğullanib körişsa yomon bölmas edi. Çunki davlatning maqsadli imtiyozli mablağlari talon-toroj qilinganga öxşayapti.