O‘zbekiston | 08:28 / 06.02.2020
27855
2 daqiqa o‘qiladi

FVV xodimlari uchun harbiy va xizmat kiyim-bosh namunalari tasdiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchilari va xizmatchilari uchun harbiy va xizmat kiyim-bosh namunalari tasdiqlanadi.

Foto: KUN.UZ

Muhokama uchun e'lon qilingan hujjat loyihasiga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan harbiy va xizmat kiyim-bosh namunalari tasdiqlanishi mo‘ljallanmoqda.

Quyidagilar belgilab qo‘yiladi:

Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda iqlim sharoitiga mos, chidamli harbiy va xizmat kiyim-boshlarni tayyorlanishiga alohida e'tibor qaratiladi;

yangi namunadagi harbiy va xizmat kiyim-boshlarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy xarajatlar budjet va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lanadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2021 yilning 1 yanvariga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligining harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini harbiy va xizmat kiyim-boshlar bilan ta'minlash me'yorlari, harbiy va xizmat kiyim-boshlarni kiyish qoidalari ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Hujjatga ilova qilingan tushuntirish xatida aytilishicha, Harbiy va xizmat kiyim-boshlari namunalari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining generallar, katta va kichik ofitserlar, shartnoma asosidagi harbiy xizmat oddiy askar va serjantlari tarkibidagi harbiy xizmatchilari uchun harbiy, shuningdek yong‘in-qutqaruvchilar uchun xizmat kiyim-boshlari turlariga bo‘linadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari uchun harbiy va xizmat kiyim-bosh namunalari Turkiya davlatining “MS BARER TEXTILE LLC” qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.

Harbiy va xizmat kiyim-bosh namunalarini ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi uchun moliyaviy xarajatlar talab qilinmaydi.

Mavzuga oid