Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask dunyoning eng badavlat odamiga aylandi
Maskning boyligi 12 oy davomida 68 mlrd dollarga ko‘paygan.
Foto: Patrick Pleul / Getty Images
Tesla asoschisi Ilon Mask 219 mlrd dollar boyligi bilan dunyoning eng badavlat odamiga aylandi, deb xabar berdi Forbes.
U o‘tgan yili 151 mlrd dollar bilan badavlat odamlar reytingida ikkinchi o‘rinni egallagandi.
Maskning boyligi 12 oy davomida 68 mlrd dollarga ko‘paydi. U shu tarzda Amazon asoschisi Jyeff Bezosni (171 mlrd dollar) ortda qoldirdi.
Maskning asosiy aktivlari Tesla kompaniyalari aksiyalaridir. Kompaniyaning 172,6 mln dona yoki 17 foiz aksiyasi hamda SpaceX kompaniyasining qariyb 44 foiz aksiyasi unga tegishli.
Biznesmen 2021 yil uchun 11 mlrd dollardan ortiq soliq to‘lashini ma’lum qilgan.
Ilon Mask Forbes ro‘yxatiga ilk bor 2012 yilda kiritilgandi. U o‘shanda 2,4 mlrd dollar bilan 190-o‘rindan joy olgan.