Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«XDP kamida uchinchi o‘rinni ko‘zlagandi» - Ulug‘bek Inoyatov partiyaning saylovlardagi muvaffaqiyatsizligini izohladi
Xalq demokratik partiyasi lideri Ulug‘bek Inoyatov saylovning yakuniy natijalaridan xursand emas. U va partiya vakillari hech bo‘lmaganda 3 o‘rinni egallashni maqsad qilib kurashlarga qo‘shilgan. Bu haqda u Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlariga o‘tgan saylov yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanidan so‘ng Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
«Bugungi natijalar, albatta, biz kutgan natija emas. Hech bo‘lmaganda oldingi saylovdagi uchinchi o‘rinda qolsak kerak degan niyatda edik. Ikkinchi o‘ringa chiqish niyati ham yo‘q emasdi.
Albatta, hamma birinchi o‘ringa harakat qiladi, lekin biz imkoniyatlarimizni chamalab shu natijani kutgandik.
Ikkinchidan, natijalarga men o‘zimni aybdor deb hisoblayman. Chunki men partiyaga rahbar bo‘lib kelganimga olti oy bo‘ldi. Olti oy ichida tashkiliy masalalarda ko‘p ish qildim, balki tajribasizligim pand bergandir. Bu mening aybim.
Uchichidan, bizning partiya parlamentdagi eng tajribali partiya. Balki xalqimiz bizning dastur va g‘oyalarimizdan qoniqmagandir», deya Ulug‘bek Inoyatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga o‘tgan saylovlarda partiyalar quyidagi tartibda deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lgan:
- O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi – 43 nafar;
- «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi – 35 nafar;
- «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi – 21 nafar;
- Xalq demokratik partiyasi – 18 nafar;
- Ekologik partiya – 11 nafar.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026