Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi
U Jarqo‘rg‘on tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha suddagi tanishlari orqali ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida yordam berish evaziga pul talab qilgan.
Foto: DXX
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik hay’ati advokati qo‘lga olindi.
DXX xabariga ko‘ra, u ichki ishlar idoralari tomonidan qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha mazkur tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sud idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida yordam berish evaziga 60 ming AQSh dollari talab qiladi.
DXX va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pul mablag‘idan 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:04 / 07.01.2026
Advokatlar soni 2000 nafarga oshirilishi rejalashtirilmoqda
08:49 / 30.12.2025
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:41 / 24.12.2025