Jahon | 21:32 / 17.01.2019
26675
1 daqiqa o‘qiladi

Mendeleyev jadvalining eng qadimgi nusxasi topildi

Foto: University of St Andrews

Shotlandiyaning Sent-Endryu universitetida topilgan kimyoviy elementlar davriy jadvali dunyodagi eng qadimgisi bo‘lib chiqdi. Bu haqda Phys.org portali xabar berdi

Uni yig‘ishtirish ishlari vaqtida doktor Alan Aytken aniqlagan. Jadval omborda laboratoriya qurilmalari bilan birga yotgan.

Mutaxassislar xalqaro guruhi topilgan jadval 1885 yil bilan sanalanishini tasdiqlashgan. Jadvalning o‘zi Dmitriy Mendeleyev tomonidan 1869 yilda yaratilgan. Topilgan jadvalda u Venadagi bosmaxonalardan birida chop etilgani ko‘rsatilgan. 

Ta'kidlanishicha, jadvalda 1875 va 1880 yillarda ochilgan galliy va skandiy moddalari bor, biroq unda germaniy (1886 yilda ochilgan) moddasi yo‘q. 

Mavzuga oid