O‘zbekiston hukumati portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda 21 ta vazirlik mavjud. Iqtisodchi Behzod Hoshimov «Lolazor» podkastidagi suhbatda bu raqam haddan tashqari ko‘p deb hisoblashini aytdi.
«Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi – kerak emas. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga moliya kerak, iqtisodiyotni bilmadim. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi – kerak emas. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – kerak emas. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – kerak emas. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi – kerak. Bu istisno tariqasida. Tizim muammoli, markazlashgan bo‘lishida foyda ko‘proq. Maktablarning o‘zini-o‘zi boshqarishi qiyinroq masala. Masalan, hozir Investitsiya vazirligi yopilsa, O‘zbekistonda hech narsa o‘zgarmaydi. Sal savdo qilish osonroq bo‘lib qoladi. Lekin Ta’lim vazirligi yopilsa, muammolar yuzaga kelishi mumkin. Men shu nuqtayi nazardan aytdim. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi – kerak emas. Sport vazirligi – kerak emas. Qishloq xo‘jaligi vazirligi – kerak emas», deydi iqtisodchi.
Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev O‘zbekiston agrar davlat ekanini eslatib, nima uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi kerak emasligi bo‘yicha Hoshimovning fikri bilan qiziqdi.
«Toshkentda restoranlar zo‘rligi haqida ko‘p gapiriladi. Lekin Restoran vazirligi yo‘q. Men o‘ylaymanki, agar shunday vazirlik bo‘lib qolsa, restoranlarning sifati tushib ketadi. SSSR paytida savdo va restoran tresti bo‘lgan. Shuning uchun odamlar na narsa sotib olgan, na normal ovqatlangan. Hozir Kiyim vazirligi bo‘lsa, kiyimsiz qolib ketamiz. Bu borada hazillashmayapman», deya o‘z fikrlarini izohladi Hoshimov.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ro‘yxatdagi qolgan vazirliklarni ham ketma-ket o‘qishni davom ettirdi.
«Suv xo‘jaligi vazirligi – kerak emas. Raqamli texnologiyalar vazirligi – kerak emas. Adliya vazirligi prokuratura bilan birlashishi kerak. O‘zbekistonda adliya deyilganda odamlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tushuniladi. Men adliyani kattaroq, yustitsiya ma’nosida tushunaman. Transport vazirligi –
















