Prezident Şavkat Mirziyoyev ta’lim sohasi böyiça 9 sentabr kungi selektorda yoşlarni kasbga öqitiş masalalariga töxtaldi.

“Meni taşvişga solayotgan masala – yoşlarimizni kasb-hunarli qilib, doimiy daromad topişi uçun şaroit yaratiş. Agar buni töğri yölga qöysak, mahallada kambağal va işsiz qolmaydi”, – dedi davlat rahbari.

Şavkat Mirziyoyevning Xitoyga taşrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qişloq va suv xöjaligi sohalaridagi önlab yirik kompaniya rahbarlari bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi şakllantirildi.

Bunday loyihalar uçun texnologiyalar va xitoy tilini yaxşi biladigan minglab kadrlar kerakligi ta’kidlandi. Kasbga örgatişda Xitoy tajribasini joriy etiş maqsadida har bir viloyatda 2 tadan “Özbekiston – Xitoy ustaxonasi”ni taşkil qiliş topşirildi.

Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini öqitiş maqsadida 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi.

“Bizda 450 ming öquvçini qabul qila oladigan 598 ta texnikum bor. Bu yoşlar uçun juda katta resurs, şaroit va imkoniyat. Lekin bu yil 9-sinfni 608 ming öquvçi bitirgan bölsa, ularni atigi 182 ming nafari texnikumlarga boryapti. Bugundan boşlab bir yil yoşlarni kasb-hunarga örgatiş yili böladi”, – dedi prezident.

Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslaşgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart böyiça zamonaviy kasbga öqitiş muhitini olib kiriş vazifasi qöyildi.

Umuman, viloyat va tuman hokimlariga kelgusi öquv yilida 9-sinf bitiruvçilarining kamida 50 foizini, hozirgiga qöşimça yana 200 ming öquvçini texnikumga qamrab oliş topşirildi.

Bu işlarni yagona siyosat asosida olib boriş uçun Kasbiy ta’lim agentligi