Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshiriladi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 fevraldan issiqlik korxonalarining issiq suv va isitish xizmatlari tariflari o‘zgaradi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat «Issiqlik manbai» ishlab chiqarish boshqarmasi, «Angren issiqlik energiyasi» DUK, Chirchiq «Issiqlik energiyasi» IChK, «Olmaliq issiqlik manbai» MChJning iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlari narxi o‘zgarmoqda.
Xususan, «Issiqlik manbai» issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun 93 464 so‘m/Gkal (QQS bilan) narxni taklif etmoqda — hozirda bu 81 ming 312 so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, hisoblagich mavjud bo‘lganda 1 metr kub issiq suv narxi 5 144 so‘m etib belgilanadi (hozirda 4472 so‘m). Hisoblagich yo‘q bo‘lsa, bir kishi uchun 1 oyga 20 ming so‘mdan oshiqroq to‘lashga to‘g‘ri keladi.


Eslatib o‘tamiz, 2024 yil sentabr oyida Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgandi. Unga ko‘ra, narxlar 15 foizga oshirilgan. Jumladan, aholiga issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti xizmatlarining yangi chakana tarifi 121 617 so‘m/Gkal etib belgilangandi.
Mavzuga oid
19:49 / 07.02.2026
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
16:31 / 03.02.2026
Toshkent viloyatida ayrim yo‘l uchastkalarida tezlik 80 km/soatgacha tushiriladi
08:36 / 30.01.2026
Toshkent viloyatida ekologiya bo‘limi boshlig‘i ushlandi
08:19 / 30.01.2026