2021 yil 14 sentabr. Toşkent viloyati Piskent tumanida xizmat ötayotgan YPX inspektori Dilmurod Örmonov katta tezlikdagi avtomobilga töxtaş işorasini körsatib uning yöliga çiqadi. Ammo mast haydovçi bor tezligida xodimni urib ketadi va 29 yoşli inspektor vafot etadi. Haydovçi Jinoyat kodeksining 266-moddasi va 117-moddasi bilan sudlanadi. Toşkentdagi fojiada vafot etgan inspektorga körsatilgan e’tibor marhum Dilmurod Örmonovning yaqinlarida ham umid uçqunlarini yoqqan bölsa ajab emas.
25 fevral kuni Toşkent şahrining Mirobod tumanida voyaga yetmagan şaxs boşqaruvidagi avtomaşina yöl-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eşnazarovni urib yubordi va inspektor olgan oğir tan jarohatlari oqibatida vafot etdi. Marhumga katta e’tibor qaratildi. U “Jasorat” medali bilan taqdirlandi, oilasiga 3 xonali uy berildi. Janoza marosimlari ham davlat darajasidagi e’tibor bilan ötkazildi. Biroq bundan bir neça yil avval – 2021 yilda Toşkent viloyatida ham deyarli şunga öxşaş fojia sodir bölgan edi.
Şohruh Abdurasulov 2021 yil 11 sentabr kuni öziga tegişli davlat raqami belgisi 10Z 701UA bölgan “Lacetti” rusumli avtomaşinasini Toşkent viloyati Piskent tumani, “Taraqqiyot” MFY hududidan ötgan “4K792 Piskent-Böston” avtomobil yölida mast holda boşqarib kelib, yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzib, avtomobil yölining 10-kilometrida yölning qatnov qismiga çiqib, uni töxtatmoqçi bölgan Toşkent viloyati IIBB ikkinçi mintaqaviy hudud Piskent tumani IIB Yöl harakati xavfsizligi bölinmasi inspektori serjant Dilmurod Örmanovni urib yuborgan va ölimiga sababçi bölgan.
Marhum vafot etganda uning turmuş örtoği 6 oylik homilador edi. Otasining vafotidan 3 oy ötib qiz farzand tuğildi. Jajji Oyşaxon xozir 4 yoşda. Kun.uz uning yaqinlari bilan suhbatlaşdi.
“Heç bandaning boşiga bu kunni solmasin”
Marhumning onasi Manzura Örmonova: “Keçqurun şumxabar keldi, hamma yoq larzaga keldi. Heç bandaning boşiga bu kunni solmasin. Duşmanimgayam ravo körmayman. Öğlimning döstlari şifoxonaga olib borgan. Şunçalik ham nohaqlik böladimi?
Bitta akasi – Tursunboy degani prokuraturada, Ayubxon degan akasi içki işlarda işlar ekan. Lekin heç qanaqa na moddiy, na ma’naviy yordam… Mayli, kerak emasdi. Aybni bolamga ağdarişdi, advokatlarning közi qayerni kördi? Axir iş yuzasidan böldi-ku! Mayli, mening bolam maşina yöliga çiqdi deylik. Keça kungi voqealar-çi? Undan oldingi voqealar-çi?












