O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oy kamaydi
Iyul oyi davomida O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 33,72 mlrd dollardan 33,64 mlrd dollarga kamaydi. 1 avgust holatiga, Markaziy bank zaxirasida 11,8 mln troya unsiya oltin va 9,56 mlrd dollar xorijiy valuta zaxiralari mavjud.
Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro valuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni yangiladi.
Unga ko‘ra, 1 avgust holatiga, O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 33,64 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu – joriy yil boshidan buyon qayd etilgan minimum ko‘rsatkich.
Zaxiralar o‘tgan oyga nisbatan deyarli 72 mln dollarga, so‘nggi 3 oyda esa 1,75 mlrd dollarga kamaydi.
Hisobot davrida oltinning fizik hajmi 12,1 mln troya unsiyadan 11,8 mln troya unsiyaga, qiymati esa 23,08 mlrd dollardan 23,02 mlrd dollarga pasaygan.
Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valuta zaxiralari 9,57 mlrd dollardan 9,56 mlrd dollarga kamaygan.
Ma’lumot uchun, mamlakatning oltin-valuta zaxiralari to‘lov va savdo balansidagi defitsitni bartaraf etish, inflatsiyani ushlab turish, milliy valutani moliya bozorida qo‘llab-quvvatlash uchun valuta sotib olish davlatning tashqi qarzlarini to‘lash va davlatlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Mavzuga oid
14:05 / 12.09.2024
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
15:30 / 09.09.2024
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 39 mlrd dollarga yetdi. Bu – rekord ko‘rsatkich
17:04 / 05.09.2024
O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy eng ko‘p oltin xarid qilgan davlatlardan biri bo‘ldi
16:07 / 22.08.2024