Jahon | 15:53 / 11.05.2024
14672
4 daqiqa o‘qiladi
RF armiyasi Xarkiv oblastida yangi yurish boshladi. Shahar va qishloqlar aholisi otishmalar ostida evakuatsiya qilinmoqda
Ukrainada urushning 807-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shini 10 may kuni ukrainlarning Xarkiv oblastidagi mudofaasini yorib o‘tishga harakat qilgani, chegara hududida janglar ketayotgani haqida xabar berdi.
- Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Ukrainaning chegaradagi to‘rt qishlog‘ini — Streleche, Krasne, Pilnaya va Borisovkani qo‘lga olgan; Xarkiv oblasti rasmiylari buni rad etgan.
- Xarkiv oblastining chegaradosh rayonlari o‘qqa tutilishi kuchaytirilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lib, besh kishi yaralangan.
- Xarkiv shahri va Lipsi posyolkasida raketa zarbalaridan keyin bir necha uylar yonib ketgan, 11 yoshli o‘smir va ikki nafar keksa ayol yaralangan.
- Sumi oblastida rossiyaliklar zarbasi oqibatida 64 yoshli ayol halok bo‘lib, uning 17 yoshli nabirasi jarohatlangan.
- Kaluga oblastida neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujumidan keyin yong‘in chiqqan. Jarohat olganlar yo‘q.
Kun kadri. Xarkiv osmonida shimoliy yog‘du
Xarkiv oblastining chegaradosh hududlarida evakuatsiya
Xarkiv o‘qqa tutilishi
Vinnitsada «Azov» jangchisining dafn marosimi
Mavzuga oid
10:40
Fransiya TIV rahbari Ukrainaga ilk marta tashrif buyurish niyatida
09:20
ifo: Ukrainalik qochqinlarning chorak qismi xorijda qolishni xohlaydi
08:40
Rossiya Ukrainaga kechasi 135 ta hujumkor UUA bilan hujum qildi
01:11