Jahon | 00:20 / 19.08.2025
13340
2 daqiqa o‘qiladi

“Keyingi qadam – Ukraina bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv” – Tramp

Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Alyaskada o‘tkazilgan sammit unda tinchlikka erishishga ishonch uyg‘otgan.

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasida bir soatga yaqin davom etgan yuzma-yuz suhbatdan so‘ng ularning Yevropa yetakchilari bilan birgalikdagi uchrashuvi o‘tkazildi.

Tramp Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarni muvaffaqiyatli deb atadi. U Rossiya bilan uch tomonlama uchrashuvga olib keluvchi YeI rahbarlari va Zelenskiy bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Alyaskada o‘tkazilgan sammit unda tinchlikka erishishga ishonch uyg‘otgan.

“Putin Rossiya Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini qabul qilishga rozi bo‘ldi”, - dedi AQSh prezidenti.

Uning ishonch bildirishicha, Putin va Zelenskiy Ukrainadagi nizoni hal qilish bo‘yicha umumiy til topishishadi.

“Keyingi qadam – Ukraina bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv. Rossiya bundan keyin Ukrainaga zo‘ravonlik qilishiga ishonmayman”, - deb ta’kidladi Tramp.

Uchrashuvda Zelenskiy bilan birga Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va NATO bosh kotibi Mark Ryutte ishtirok etdi.

Mavzuga oid